13-mavzu. Masofaviy ta’limda bulutli texnologiyalar reja



Yüklə 92,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü92,85 Kb.
#188839
  1   2   3   4   5   6
13-mavzu



13-MAVZU. MASOFAVIY TA’LIMDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
Reja 
1.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari 
2.
Bulutli texnologiyalarning afzallik va kamchiliklari 
3.
Sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalardan foydalanish 
Sun’iy intellekt bu informatika fanining bir qismi bo‘lib, odatda inson ongi 
bilan bog‘liq imkoniyatlarni aniqlab beradi, yani tilni tushunishni, 
o‘rgatishni, muhokama qilishni, masalani echishni, tarjima dasturlari bilan ishlash 
imkoniyatlariga ega kompyuter dasturlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda 
sun’iy intellekt (SI) turli amallarni bajarish bilan birgalikda shu amallarni bajarish 
uchun algoritm va dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi 
mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning bajarilishini amalga oshiradi.
Jahonda turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish sifati jamiyatning iqtisodiy 
va boshqaruv sohalari darajasiga ta’sir ko‘rsatishi bilan aniqlanadi. Evropa va 
boshqa rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini virtual 
loyihalash (Simulations), ta’lim jarayoniga masofaviy ta’lim (Moodle, Ilias, Dokeos 
va h.q.) shakllarini keng tatbiq etish, elektron ta’lim muhitida ta’limning 
davomiyligi va amaliy yo‘nalganligini belgilab beradi, bunda ta’lim oluvchilarning 
ijodiy qobiliyatlarini hamda kasbiy kompetensiyalarini tizimni rivojlantirishda 
zamonaviy dasturiy ta’minotga asoslangan bulutli texnologiyalar va bulutli 
hisoblashlardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish mumkin bo‘ladi. 
Xalqaro pedagogik tajribalar o‘qitish tizimida Google Drive, Microsoft Office 365, 
Microsoft Firebase kabi bulut xizmatlari asosida ishlab chiqilgan ta’lim 
vositalarining yangi avlodlarini yaratish va ulardan foydalanish borasida keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyoda mehnat munosabatlarining global 
tarzda o‘zgarishi markazdan qochish amaliyotiga olib kelmoqda, ya’ni jamiyatdagi 
axborotlashuvning shiddat bilan rivojlanishi natijasida kasbga tayyorgarlik 
ko‘rishning virtuallashuv holatlari kuzatilmoqda. Ana shunga bog‘liq ravishda 
bulutli texnologiyalar orqali o‘z bilimini oshirishga bo‘lgan talab oshib bormoqda, 
xususan virtual ta’lim kurslari orqali ta’lim olishni ommalashuvini bunga misol 


tariqasida ko‘rsatishimiz mumkin. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs 
talabalariga sun’iy intellekt sohasida o‘zlarining bilim darajalarini belgilashda 
alohida o‘rin tutadi. Bu esa o‘z navbatida bitiruvchilarni kasbiy masalalarni 
yechishga o‘rgatishda ta’lim jarayonini innovatsion metodlari orqali 
takomillashtirish lozimligini talab etadi.
Mamlakatimiz ta’limining turli yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarda 
uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida tayanch kompetensiyalarning 
shakllantirilishi davr talabi bo‘lib qolmoqda bu esa mustaqil tarzda ta’lim olishni
davom ettirilishini zarurat qilib qo‘yadi. Ish beruvchilarning turli sohada 
tayyorlanayotgan kadrlarga nisbatan ko‘pvazifali va ma’lumotlar hajmini oshib 
borish sharoitida axborot tayyorgarligiga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Mehnat 
shart-sharoitlarini o‘zgarib borishi ta’limni akademik tayyorgarlik doirasidan 
chiqishiga yoki unga nisbatan yangi tus berilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa ishlab 
chiqarishdagi turli yechilishi lozim bo‘lgan vazifalarni hal etish uchun innovatsion 
metodlar bilan yechimini topishga intiluvchi talabalarni qo‘shimcha tayyorgarligini 
amalga oshirishini talab qiladi. 
“Talabalarda sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish kompetentligini 
rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari”ni belgilab beradi va bulutli 
texnologiya, virtual kompetensiya hamda axborot kompetentlilik, axborot 
kompetnsiyasi kabi tushunchalarning mohiyati ochib beriladi. Bundan tashqari, 
“Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish asosan virtual ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanishning hozirgi vaqtda ulardan foydalanish jarayonlari, talabalarning 
axborot texnologiyalari fanidan ko‘nikmalarini shakllantirish va virtual ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Bugungi kunda sun’iy intellektnig jadallik bilan rivojlanishi tufayli ta’lim 
muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish 
usullarini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalar hamda uning pedagogik 
dasturiy vositalarini, jumladan, virtual ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish jiddiy 
zaruratga ega bo‘ladi. 

Yüklə 92,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin