Ta’lim jarayonini loyihalashtirish nazariy-metodik asoslarini o‘rganish
natijasida bo‘lajak moliyachilar va buxgalterlarning bulutli texnologiyalar vositalari
yordamida virtual ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishning tuzilmali mazmunli
modeli ishlab chiqildi.
Shakllantirilayotgan model - maqsad, mazmun, tartib - tarkibiy va baholovchi
bloklarni o‘z ichiga oladi. Sun’iy intellektda maqsadli bo’limning vazifasi jamiyatni
axborotlashtirish sharoitida ta’limning yo‘nalishlarini aks ettirishdan iborat bu oliy
ta’lim davlat ta’lim standarti malaka talablarini hisobga olgan holda sun’iy
intellektga oid fanini o‘rganishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Maqsadlarni belgilash -talabalarning
harakatlarini loyihalashtirish, fanni
o‘rganishda shaxsiy mazmunni belgilash hamdir.
Chunki, rejalashtirilgan maqsadlarda fanning o‘ziga xos xususiyatlarini aks
ettirish kerakligi ta’kidlanib,
maqsadga erishilishi, ularni shakllantirish qisqa va
aniq, muayyan ta’lim natijalariga mos bo‘lishi lozim (1-rasm). Virtual ta’limda
sun’iy texnologiyalardan foydalanish usullari talabalarda axborotlarni izlash, tahlil
qilish va qayta ishlash kompetensiyalarini
shakllantirishga qaratiladi, ushbu usul
amaliy va tajriba mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi hamda, “Refleksiya” varag‘i,
“Qirollik kvadrati”, “Nima uchun?” va “Qanday?” iyerarxik diagrammasi, “SWOT-
tahlil”, “Assisment” metodi, “Insert” metodi kabi metodlardan foydalangan holda
amalga oshirib boriladi va talabalar shu usullarning bittasidan yoki bir nechtasida
foyalanadilar. “Bulutli” diskda baholash varag‘i mavjud bo‘lib,
bunda har bir
bajarilgan ishlarning turiga qarab talabalarning baholari kiritilgan (guruhlarda,
individual ravishda, doskada ishlash va boshqalar).
Talabalarga sun’iy intellekt texnologiyalar hamda interfaol o‘qitish usullari
orqali dars mashg‘ulotlari olib borilishi evaziga, dars jarayonlari qiziqarli, tushunarli
hamda maqsadli bo‘lishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari
Dostları ilə paylaş: