13-MAVZU. MASOFAVIY TA’LIMDA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR
Reja
1.
Bulutli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari
2.
Bulutli texnologiyalarning afzallik va kamchiliklari
3.
Sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalardan foydalanish
Sun’iy intellekt bu informatika fanining bir qismi bo‘lib, odatda inson ongi
bilan bog‘liq
imkoniyatlarni aniqlab beradi, yani tilni tushunishni,
o‘rgatishni, muhokama qilishni, masalani echishni, tarjima dasturlari bilan ishlash
imkoniyatlariga ega kompyuter dasturlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda
sun’iy intellekt (SI) turli amallarni bajarish bilan birgalikda shu amallarni bajarish
uchun algoritm va dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi
mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning bajarilishini amalga oshiradi.
Jahonda turli sohalarda sun’iy intellektdan foydalanish sifati jamiyatning iqtisodiy
va boshqaruv sohalari darajasiga ta’sir ko‘rsatishi bilan aniqlanadi.
Evropa va
boshqa rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini virtual
loyihalash (Simulations), ta’lim jarayoniga masofaviy ta’lim (Moodle, Ilias, Dokeos
va h.q.) shakllarini keng tatbiq etish, elektron ta’lim muhitida ta’limning
davomiyligi va amaliy yo‘nalganligini belgilab beradi, bunda ta’lim oluvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini hamda kasbiy kompetensiyalarini tizimni rivojlantirishda
zamonaviy dasturiy ta’minotga asoslangan bulutli
texnologiyalar va bulutli
hisoblashlardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Xalqaro pedagogik tajribalar o‘qitish tizimida Google Drive, Microsoft Office 365,
Microsoft Firebase kabi bulut xizmatlari asosida ishlab chiqilgan ta’lim
vositalarining yangi avlodlarini yaratish va ulardan foydalanish borasida keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyoda mehnat munosabatlarining global
tarzda o‘zgarishi markazdan qochish amaliyotiga olib kelmoqda, ya’ni jamiyatdagi
axborotlashuvning shiddat bilan rivojlanishi natijasida kasbga tayyorgarlik
ko‘rishning virtuallashuv holatlari kuzatilmoqda. Ana shunga bog‘liq
ravishda
bulutli texnologiyalar orqali o‘z bilimini oshirishga bo‘lgan talab oshib bormoqda,
xususan virtual ta’lim kurslari orqali ta’lim olishni ommalashuvini bunga misol
tariqasida ko‘rsatishimiz mumkin. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs
talabalariga sun’iy intellekt sohasida o‘zlarining bilim darajalarini belgilashda
alohida o‘rin tutadi. Bu esa o‘z navbatida bitiruvchilarni
kasbiy masalalarni
yechishga o‘rgatishda ta’lim jarayonini innovatsion metodlari orqali
takomillashtirish lozimligini talab etadi.
Mamlakatimiz ta’limining turli yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarda
uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida tayanch kompetensiyalarning
shakllantirilishi davr talabi bo‘lib qolmoqda bu esa mustaqil tarzda ta’lim olishni
davom ettirilishini zarurat qilib qo‘yadi. Ish beruvchilarning
turli sohada
tayyorlanayotgan kadrlarga nisbatan ko‘pvazifali va ma’lumotlar hajmini oshib
borish sharoitida axborot tayyorgarligiga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Mehnat
shart-sharoitlarini o‘zgarib borishi ta’limni akademik tayyorgarlik doirasidan
chiqishiga yoki unga nisbatan yangi tus berilishiga sabab bo‘lmoqda.
Bu esa ishlab
chiqarishdagi turli yechilishi lozim bo‘lgan vazifalarni hal etish uchun innovatsion
metodlar bilan yechimini topishga intiluvchi talabalarni qo‘shimcha tayyorgarligini
amalga oshirishini talab qiladi.
“Talabalarda sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish kompetentligini
rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari”ni belgilab beradi va bulutli
texnologiya, virtual kompetensiya hamda axborot kompetentlilik,
axborot
kompetnsiyasi kabi tushunchalarning mohiyati ochib beriladi. Bundan tashqari,
“Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish asosan virtual ta’lim texnologiyalaridan
foydalanishning hozirgi vaqtda ulardan foydalanish jarayonlari,
talabalarning
axborot texnologiyalari fanidan ko‘nikmalarini shakllantirish va virtual ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Bugungi kunda sun’iy intellektnig jadallik bilan rivojlanishi tufayli ta’lim
muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitish
usullarini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalar hamda uning pedagogik
dasturiy vositalarini, jumladan, virtual ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish jiddiy
zaruratga ega bo‘ladi.