taqsimlangan qayta ishlash texnologiyasi, internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat
sifatida taqdim etiladi.
Axborot kompetentlik
–zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida shaxsiy
va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumot, axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish,
tanlash, qayta ishlash va zaruriy axborotlarni uzatish
ko‘nikmalarining shakllanganlik darajasidir.
“Virtual kompetentlik” deganda o’qituvchining
professional faoliyatida, tipik va
noadatiy holatlarda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkonini
beruvchi ichki va tashqi resurslar tuzilmasi sifatida: nazariy bilim, amaliy ko‘nikma
va faoliyat metodlari nuqtai nazaridan qarash mumkin bo‘ladi.
AKT
-
kompetentlilik -ta’lim oluvchilarning ta’lim olish va boshqa faoliyatda
yuzaga keladigan masalalarni hal qilish uchun AKT-savodxonlikning barcha
tarkibiy qismlarini ishonchli egallashi bo‘lib, bunda asosiy e’tibor umumiy bilim
olish, axloqiy va texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi.
Suniy intellekt kompetensiyasini yangi texnologiyalar
va shaxsiy fazilatlarning
muayyan to‘plami sohasida nazariy va amaliy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar
integratsiyasi, murakkab yakka-psixologik ta’lim deb taqdim etish mumkin.
Virtual texnologiya sohasida bulutli texnologiyaning asosiy vaifasi bu dasturiy
vositalar yordamida o‘quv qo‘llanmalarni raqamli shaklda taqdim etishda, qiyin
bo‘lgan
holatlarda, hodisalarni virtual ko‘rinishda yaratishga, murakkab tajriba
jarayonlarini virtual ko‘rinishda tashkil etishi va mustaqil ta’limning didaktik
imkoniyatlarini kengaytirishi, o‘quv faoliyatiga bo‘lgan
qiziqishni oshirishi, fan
bo‘yicha asosiy bilimlarni egallashda, ularni tizimlashtirish va talabalarning
mustaqil ishlarida o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari bo‘yicha uslubiy yordam
berishga qaratilgan bo‘lib bunda talabalarning kreativ fikrlashini oshirishga
moslashtirilgan hozirgi zamonaviy texnologiyasi sifatida ish yuritadi.
Ilmiy izlanishlarga oid
normativ-huquqiy hujjatlarni, ilmiy-metodik
manbalarini hamda oliy ta’limdagi mavjud o‘qitish jarayonlarining tahlili natijasiga
ko‘ra, sun’iy intellekt fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, pedagogik
muammolarning yechimini quyidagi vazifalarning bajarilishiga qaratiladi; sun’iy
intellekt fani professor-o‘qituvchilarining IT sohasidagi
yetarli darajadagi
malakasini shakllantirish zarur; sun’iy intellekt fanini o‘qitishda an’anaviy usullar
bilan bir qatorda, yangi zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanishda asosan
(virtual ta’lim texnologiyalari, interfaol o‘quv-uslubiy majmualar, elektron
darsliklar, bulutli texnologiyalar)dan keng ko‘lamda foydalanish mumkin bo‘ladi;
sun’iy intellektda murakkab jarayon va hodisalarni namoyish etishda virtual ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish katta samara beradi.
Sun’iy intellekt fani asosan talabalarda fanga nisbatan motivatsiyani yanada
rivojlantirishda; talabalarning mustaqil ravishda tajriba ishlarini bajarish uchun
virtual tajribalarni ishlab
chiqishini amalga oshirishda; talabalarning Internet
texnologiyalari hamda bulutli texnologiylarda tizimning xotira qurilmalarida
joylashtirilgan ta’lim mobil ilovalari, virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.
Bulutli xotira orqali masofaviy o‘qitishni boshqaruvchi professor-
o‘qituvchiga
talabalar bilan savol-javob va tushunmagan mavzularni tushuntirish uchun ma’lum
vaqtni rejalashtirib, o‘sha vaqtda onlayn munozaralar olib borish imkoniyatlariga
ega bo‘ladi.
Bu borada, xorijiy davlatlarda bulutli xotiraning
interfaol imkoniyatlari
hamda masofaviy o‘qitish va unga mos virtual texnologiyalarida n foydalanish
bo‘yicha bir qancha axborot ta’lim muhitlari, virtual texnologiya platformalari
yaratilib, ulardan keng ko‘lamda foydalanilib kelinmoqda. Bularga AQShning
Pensilvaniya davlat universiteti (worldcampus.psu.edu),
Kaliforniya virtual
universiteti (cvc.edu), Vestern Governors universiteti (umuc.edu), Minnesota
shtatining virtual universiteti (iseek.org/sv/index.jsp), Buyuk Britaniya ochiq
universiteti (open.ac.uk
Germaniya Xarkov sirtqi universiteti (fernuni-hagen.de)
axborot ta’lim muhitlarini misol sifatida aytish mumkin.
AQShning CDW kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga
ko‘ra: “kollej va universitetlarning atigi 5% i bulutli texnologiyalarga o‘tishni
o‘ylamayotganligi, 29% bulutli texnologiyalarni amalga oshirishning strategik
rejasini ishlab chiqqanligini va 28% allaqachon o‘z rejalarini bulutli texnologiyalar
asosida amalga oshirayotganligi ta’kidlab o‘tilgan”ligini ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: