13-mavzu. Operativ va doimiy saqlash qurilmalari, stekli va assotsiativ xotira Rambus xotira


Faqat o’qish uchun mo’ljallangan xotira



Yüklə 492,12 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü492,12 Kb.
#43666
1   2   3   4
13-mavzu Stekli va assotiativ xotira ddbe7d57f323c26838280f009f410adb

Faqat o’qish uchun mo’ljallangan xotira.

SRAM va DRAM mikrosxemalari elektrga bog’liq bo’lib, elektr uzilishi bilan barcha ma’lumotlar o’chib ketadi.lekin ko’plab qurilmalar va komponentlar (tashkil etuvchilar) borki, ularga axborothar doim zarur. Masalan qattiq disk (vinchester). Katta hajmli ma’lumotlarni, operatsion tizimni saqlashi zarur. Kompyuter yoqilganda dasturiy ta’minot (DT) qattiq diskdan asosiy xotiraga yuklanadi. Buni maxsus yuklovchi dastur bajaradi. Yuklovchi dasturning kodi ham ancha katta bo’lganligi sababli, uning bir qismi ham qattiq diskda saqlanadi. MP DT ni asosiy xotiraga yukalshda maxsus komandalarni bajaradi. Agar barcha xotiralar energobog’liq bo’lganda MP yukalshni bajara olmas edi. Shu sababli kompyuterda kichik hajmli energomustaqil xotira mavjud. Unda kompyuter ishga tushirilganda birinchi bajarilishi kerak bo’lgan komandalar va DT ni asosiy xotiraga ko’chiruvchi komandalar joylashadi.

Energomustaqil xotiraning turlari ko’p. Ulardan ma’lumot o’qish oddiy tartibda, xuddi SRAM yoki DRAMdan o’qish kabi bajariladi. Ularga ma’lumot yozish uchun esa alohida protsedura zarur. Ishchi rejimda bu xotiradan ma’lumotlar faqat o’qiladi, shu sababli bunday xotira faqat o’qish uchun mo’ljallangan xotira – ROM (Read Only Memory) deyiladi.
ROM

S layd

Bu slaydda ROMni tashkil qilishning uslubi ko’rsatilgan. Agar P dagi tranzistor “yerga ulangan” bo’lsa, bu yacheykada mantiqiy 0 hosil bo’ladi, aks xolda mantiqiy 1. Bit liniyasi rezistor orqali tok manbaiga ulangan. Yacheyka xolatini o’qish uchun so’z liniyasini faollashtirish kerak. Bunda tranzistor kaliti yopiladi va agar tranzistor va “yerga ulanish” aloqasi mavjud bo’lsa, bit liniyasidagi kuchlanish 0 gacha pasayadi. (mantiqiy 0 hosil bo’ladi) Agar “yer” bilan ulanish bo’lmasa bit liniyasida yuqori kuchlanish mavjud bo’ladi (mantiqiy 1 hosil bo’ladi). Bit liniyasi oxiridagi sxema to’g’ri chiqishli bo’lib, to’g’ri qiymat uzatadi (invers emas).
PROM

Ba’zi ROM mikrosxemalarining ma’lumotlarini foydalanuvchi dasturlash yo’li bilan o’zgartira olishi mumkin. Bunday mikrosxemalar dasturlanuvchi ROM (programmable ROM) deyiladi (PROM).

S layd
Bu mikrosxemani dasturlashda (unga ma’lumot yozishda) suzuvchan ulanishh deb ataladigan texnologiya ishlatiladi (плавкое соединение). Bu sxemada P bilan belgilangan. Dasturlanishgacha barcha yacheykalarda 0 lar joylashadi. 1 ni joylashtirish uchun suvuvchan ulanishni yuqori kuchlanish bilan kuydiriladi. O’z-o’zidan ayonki, bu jarayon faqat 1 marta ishlatiladi, qayta dasturlash mumkin emas.

PROM xotira ROMga nisbatan qulayroq va egiluvchanroq. Uning qulayligidan ko’p sonli bir xil mikrosxemalarni ishlab chiqarishda o’zgarmaydigann va doimiy saqlanadigan ma’lumotlarni saqlashda foydalaniladi.


EPROM

ROM mikrosxemlarining yana bir tipi ma’lumotlarni qayta-qayta yozish imkonini beruvchi EPROM (Erasable Programmable ROM) deb nomlanuvchi mikrosxemadir. EPROM dagi ma’lumotlar uzoq vaqt saqlanishi e’tiboridan uni ROMning o’rniga vaqti-vaqti bilan yangilanib turadigan dasturlarni saqlashda ishlatiladi.

EPROM strukturasii ROM strukturasi bilan bir xil (yuqoridagi rasm). Faqat farqli jihati unda yerga ulanishning o’rniga tranzistor qo’yiladi. Bu tranzistor ba’zon ochiq, ba’zan esa yopiq holatda bo’ladi. EPROMning asosiy xususiyati ham shu tranzistordir. Tranzistorga yuqori kuchlanish berib, uni ochiqa kalit sifatida ishlatish mumkin. Shunday qilib, EPROM va ROMning strukturasi birxilligidan ulardan bir xil strukturali xotira qurilmalarini qurish mumkinligini bilib olamiz.

EPROMning eng asosiy xususiyati undagi ma’lumotlarni o’chirib tashlab, qayta dasturlash mumkin. O’chirish uchun ultrabinafsharang yorug’lik bilan tranzistorlardagi barcha zaryadlar yo’qotiladi, buning uchun esa ranzistorlar shaffof korpuslarda bo’lishi talab etiladi.


EEPROM

EPROMning kamchiligi – undagi ma’lumotlarni yangilash uchun xotira chipini platadan olish kerak, qolaversa ultrsbinafsharang yorug’lik mikrosxemalagi hamma ma’lumotlarni o’chirib yuboradi. ROMning dasturlanuvchi boshqa shakli ham mavjud bo’lib, beunda qayta dasturlash elektr toki bilan bajariladi. Bunday mikrosxemalar elektron dasturlanuvchi doimiy xotira (Electrically Erasable Programmable ROM, EEPROM) deyiladi. Bunday mikrosxemani dasturlashda uni pladan olish shart emas, yana ularni tanlov asosida, ba’zii qismlarinigina ham dasturlash mumkin. EEPROMning kamchiligi sifatida ma’lumotlarni o’chirishda, o’qishda va yozishda turli kattalikdagi kuchlanishlar kerak bo’lishini ta’kidlash mumkin.



Yüklə 492,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin