Tezkorlik, hajm va narx
Ideal xotira tezkor, katta hajmli va arzon bo’lishi shart. Tezkor xotirani SRAMdan hosil qilish maqbul, lekin bu xotira qurilmasini narxi baland bolishiga olib keladi. Chunki bunda har bir yacheyka 6 ta tranzistordan tashkil topadi. Arzonroq variant uchun oddiy yacheykali RAMni qurish mumkin, lekin uning tezligi nisbatan past bo’ladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkin: faqat qattiq disk yuqoridagi talablarni maksimal darajada qanoatlantitadi. Bunda RAM texnologiyasi qo’l keladi. SRAM mikrosxemalarini esa tezkor qurilmalarda, masalan flesh xotiralarda ishlatish mumkin.
Odatda kompyuterlarda har 3 ta xotira turi ham ishlatiladi.
Slayd
Eng tezkor xotira – registrlar. Ular esa juda kichik hajmlidir. Keyingi darajada kesh xotira joylashadi. Uni MP ning sxemasiga joylashtiriladi. Odatda kompyuterlarda ikki darajali kesh ishlatiladi. 1-darajali kesh MP mikrosxemasida joylashadi. 2-darajali kesh esa 1-darajali kesh va asosiy xotira orasida joylashadi. SRAM mikrosxemalari bilan tashkil qilinadi. Ba’zi hollarda esa MP umuman kesh xotiraga ega bo’lmasligi yoki har ikki darajadagi kesh ham MP sxemasida joylashgan bo’lishi mumkin.
Ierarxiyaning keyingi darajasida asosiy xotira joylashadi. Uning hajmi kattaroq va dinamik xotira mikrosxemalari asosida SIMM, DIMM, RIMM modullari shaklida tashkil qilinadi. Tipik kompyuterlarda 1-darajali keshga murojaat vaqti bilan asosiy xotiraga murojaat vaqti 10 baravarga farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |