Flesh xotira
Bunday xotira mikrosxemasining ishlashi xuddi EEPROM kabi bo’lib, asosiy farqlanishi shundaki, EEPROMda o’qish va yozish bitta yacheykadan bajariladi, flesh xotira esa o’qishda bitta yacheykadan o’qiydi, yozishda esa bloklab yozadi. Yozish oldidan yozilayotgan blokdagi barcha ma’lumotlar o’chiriladi. Flesh xotira yuqorii daragadagi siqilganlikka ega, shu sababli EEPROM ga nisbatan kattaroq hajmli (axborot jihatdan) bo’ladi. Shuningdek, bir xil kuchlanishli tok bilan yozish/o’chirish/o’qishni bajara oladi.
Flesh kartalar
Oddiy flesh xotirada kam sonli ma’lumotlar saqlanishi e’tiboridan ko’p sonli ma’lumotlarni saqlash uchun flesh xotira mikrosxemalari bitta kartaga montaj qilinadi. Bunday kartalar standart interfeysga ega ekanligidan, ularni turli qurilmalarda ishlatish mumkin. Zamonaviy flesh kartalar 1 TB gacha ma’lumot saqlaydi.
Flesh disklar
Kompyuterning qattiq diskini almashtira oladigan darajadagi katta hajmli flesh xotiramodullari ham mavjud. Bunday har bir modul qattiq diskni o’rniga sistemaga o’rnatilishi mumkin. Flesh diskning asosiy xususiyati shundaki, uni qo’shimcha ko’chma elementlarsiz olib yurish mumkin. Unga murojaat qilish vaqti qattiq disknikidan kam, javob vaqti ham. Yana qattiq diskka qaraganda kam energiya talab qiladi, bu esa batareyada ishlovchi (smartfon, noutbuk kabi) qurilmalarda katta ahamiyatga ega. Bulardan tashqari vibratsiyaga o’ta chidamli.
Kamchiliklari sifatida shuni aytish mumkinki, uning axborot hajmi qattiq diskniki kabi katta bo’lolmayi. Yana har bir yecheykaga 1million marta yozib-o’chirish bajarilgandan keyin ishdan chiqa boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |