13-mavzu. Tashqi savdo siyosati



Yüklə 171,58 Kb.
səhifə3/5
tarix18.04.2023
ölçüsü171,58 Kb.
#99917
1   2   3   4   5
13- Mavzu. , TASHQI SAVDO SIYOSATI

s =

b + a

Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import tariflari:

  • mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi;
  • mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi;
  • milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur;
  • davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;
  • milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan himoya qiladi;
  • iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va h.k.

Soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasi:

Er = (YA – VA) / YA.

3.Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish.

  • Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
  • Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31 - chizma), ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.

Litsenziyalash –

  • bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi.

Import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar yordamida joylashtiriladi.

  • Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab chiqaruvchilarga berishi.
  • Afzal ko’rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart va talablarsiz beradi.
  • Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.

Yüklə 171,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin