Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug‘urta” kafedrasi 13-mavzu. TASHQI SAVDO SIYOSATI
“Iqtisodiyot, boshqaruv, soliqlar va sug‘urta”kafedrasi katta o’qituvchisi A.Umirov
Reja
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining iqtisodiy oqibatlari.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va importni kvotalar orqali tartibga solish.
Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.
Tayanch so’z va iboralar:
Savdo siyosati
Import tariflari
Eksport subsidiyalari
Eksport bojlari
protekstsianizm
1.Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari.
Savdo siyosati
byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir.
Bojxona bojlari
Import bojlari
Eksport bojlari
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Bojxona tariflari
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro’yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o’simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko’ra, taqsimlangan mahsulotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.