Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo’llaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash.
Eksport subsidiyalari
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi: