13-mavzu. Temir-beton konstruksiyalarni armaturalash



Yüklə 23,12 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü23,12 Kb.
#178898
13-Mavzu edit

13-mavzu.TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARNI ARMATURALASH

REJA:

1.Umumiy ma’lumotlar

2.Po‘lat armatura klassifikatsiyasi

3.Po‘lat armatura va o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash

4.Armatura to‘rlari, yassi va fazoviy karkaslar, o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash

5.Armatura elementlarini sifatini nazorat qilish

6.Payvandlash asboblari va yordamchi materiallar


@izzatbek_0018

1.Umumiy ma’lumotlar


Beton, boshqa tosh materiallari kabi egilish va cho‘zilishga qarshiligi past, lekin armatura bilan birgalikda uning mexanik xususiyatlari yaxshilanadi.
Betonning mexanik xususiyatlarini yaxshilanishiga armatura bilan betonni yaxshi tishlashishi tufayli bo‘lib, bu ikki material orasidagi yukni ratsional bo‘linishini ta’minlaydi.
Birgalikda ishlashni muhimligi, po‘lat va betonning issiqlikdan kengayish, qiymatini yaqinligi bo‘lib, kontakt zonasida haroratning o‘zgarishida ichki kuchlanish kamayadi va bundan tashqari beton armaturani korroziyadan mustahkam saqlaydi. SHuning uchun beton konstruksiyalari armaturalanadi. Tishlashishni oshirish uchun davriy profilli, shuningdek, payvandlangan to‘r va karkaslar qo‘llaniladi.
2. Po‘lat armatura klassifikatsiyasi
Betonni armaturalash uchun asosan uglerodli va past legirlangan po‘lat armaturadan foydalaniladi.
Po‘lat armatura quyidagicha klassifikatsiyalanadi: asosiy texnologiyasi bo‘yicha – qizdirib prokatlangan, termik mustahkamlangan, sovuq holda tortilgan; konstruksiyada qo‘llash sharoitiga ko‘ra – zo‘riqtirilgan va zo‘riqtirilmagan; profili
bo‘yicha-silliq va davriy profilli; kimyoviy tarkibi bo‘yicha – asosiy kimyoviy elementlarni tarkibida aniqlanishicha markalarga ajratiladi; xususiyati bo‘yicha yumshoq va qattiq; etkazib berish sharoiti bo‘yicha – novdali (prutkoviy) va o‘ramli (buxta) po‘lat armaturalar. Novdali po‘lat sterjenlar uzunligi 6-12 m ko‘rinishida, alohida buyurtma uchun 18 gacha va hatto 25 m gacha, diametri 10 mm dan ortiq, og‘irligi 5 t gacha bo‘lgan pachkalar holida etkaziladi. Diametri 10 mm dan kam va uzunligi 200 m gacha bo‘lgan shuningdek o‘rama simli armaturalarni o‘ralgan (buxta) holida etkazib beriladi.
Mamlakatimiz sanoatlarida har xil fizika-mexanik xossalarga ega bo‘lgan 3-90 mm diametrda po‘latli armatura ishlab chiqariladi (1-2-jadvallar).
Po‘lat armaturalar ekspluatatsiya davrida juda chidamli, ya’ni qayta-qayta o‘zgaruvchan yuklanishda, haroratning o‘zgarishida.
Po‘lat armaturaning asosiy xarakteristikasi – normativ qarshilik bilan xarakterlanadigan uning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligidir.
Simli armaturalar va ular asosidagi eshilgan (pryad) va arqon (kanat) ko‘rinishidagi mahsulotlarning mexanik xususiyatlari shartli elastiklik chegarasi 0,01 va shartli oquvchanlik chegarasi 0,2, qaysiki elastik bo‘lmagan deformatsiya sinash davrida cho‘zilishga berilishi o‘lchash bazasida 0,01 va 0,2% ga etishi bilan xarakterlanadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda sim mustahkamligidan to‘liq foydalanish uchun shartli oquvchanlik chegarasi 0,2 vaqtinchalik qarshilikka yaqinlashishi va natijada armaturani cho‘zishdagi plastik deformatsiyaning kamayishiga olib kelishi zarur. Sanoatiimzda ishlab chiqariladigan o‘ta pishiq sim, eshilgan ip va arqonlar o‘ta elastiklikka egadir: 0,01  0,6V; 0,2,  0,8V.
Po‘lat armaturalarining asosiy turlari
2-jadval. Sterjen armaturaning mexanik xossalari
Po‘lat armaturalar etarli darajada plastiklikka ega bo‘lishi kerak, bu yuk ostidagi konstruksiyaning ish sharoitida va shuningdek armatura tayyorlashda juda muhim faktordir.
Po‘lat armaturasning plastiklik xususiyati uni uzishga sinalganda nisbiy cho‘ziluvchanligi bilan xarakterlanadi.
Payvandlashda po‘lat armaturani mexanik xususiyatlari pasaymasligi zarur. Qaynoq prokatlangan, tarkibida oz miqdorda uglerodi bo‘lgan St3, St5 va 10 GT po‘latlar yaxshi payvandlanadiganlarga kiritiladi. Past legirlangan po‘latlar qoniqarli payvandlanuvchiga, 80 S – payvandlanmaydiganlarga kiritiladi.
Termik mustahkamlangan po‘latlar – At-IV, At-V va At-VI payvandlanishi chegaralangan, chunki yuqori harorat va payvandlash davridagi oksidlanish mustahkamlikni kamayishga olib keladi, ba’zan esa mo‘rtlikni oshiradi.
V-I klass simlar payvandlanishi chegaralanganga, V-II- payvandlanmaydigan po‘lat turiga kiradi.
Qurilish konstruksiyalarining muhim ko‘rsatkichlari uzoq muddatga yuk ta’sirida bo‘lgan, po‘lat armaturaning reologik xususiyatlari, cho‘ziluvchanlik va qoldiq deformatsiya kuchlanishi hisoblanadi.
CHo‘ziluvchanlik – bu domiy yuk ta’siri ostida plastik deformatsiyaning sekin oshib borishi.
Relaksatsiya – qoldiq deformatsiya – bu doimiy deformatsiyada kuchlanishning pasayishi.
Qoldiq deformatsiya-cho‘zilish natijasidir, bu holat hamma po‘lat armatura turiga mansub; simli armaturaga nisbatan eshilgan va arqonli armaturalar uchun ancha yuqori, sterjenli armaturalarda esa ancha past; bu uning yuqori elastiklik xususiyati bilan tushuntiriladi.
Armatura po‘latining sifati uni korroziyaga chidamliligi bilan ham baholanadi. Tarkibida uglerod miqdorini ko‘payishi bilan korroziyaga chidamliligi pasayadi, shuning uchun uglerodi kam bo‘lgan armatura po‘latiga nisbatan yuqori mustahkam sim korroziyaga anchagina beriluvchan. Temir-beton konstruksiyalarni loyihalashda albatta belgilangan maqsadga muvofiq beton markasi va turi, po‘latning payvandlashga beriluvchanlik darajasi, foydalanish sharoitlari, yuk ta’siri xarakteri va shuningdek maxsus talablarga ko‘ra armatura tanlanadi.
3. Po‘lat armatura va o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash
Armatura mahsulotlari uchun po‘latga mexanik ishlov berishda to‘g‘rilash, po‘latni o‘lchash va kesish, to‘r va sterjenlarni egish, montaj ilgaklarini tayyorlash kiritiladi. Bu ishlarni bajarishda zamonaviy turli turdagi stanok va mashinalardan foydalaniladi. Po‘latga mexanik ishlov berishdagi asosiy postlar avtomatlashtirilgan. Avtomatik qurilma SMJ- 357 va I-6118 rusumli stanok bir vaqtda buxtani echish, to‘g‘rilash, tozalash va po‘lat armaturani berilgan o‘lchov asosida kesishni bajaradi.
O‘ramda etkazib beriladigan armatura sterjenini tayyorlash, diametri 3-12 mm li V-I, Vr-I, A- II va A- III klass po‘latidan ishlab chiqariladi.
Bu stanoklarning ish qoidasi cho‘zadigan rolik buxtadan armaturani bo‘shatadi, to‘g‘rilash barabanidan o‘tadi, u erda to‘g‘rilanadi va tozalanadi keyin o‘lchangan uzunlik gilotin turidagi (jodi) qurilmada kesiladi.
Qabul qiluvchi va uzatuvchi moslamali to‘g‘ri kesadigan stanok I-6118 yordamida uzunligi 1 dan 6 gacha va hatto 9 m gacha sterjenlarni tayyorlash mumkin (3.1-rasm). Stanokda uzunligi 100-1000 mm sterjenlarni ham kesish mumkin.
To‘g‘rilovchi kesuvchi stanok I-6022A diametri 6-16 mm gacha bo‘lgan silliq va davriy profili o‘ralgan armaturalarni to‘g‘rilash uchun mo‘ljallangan. 2.17-jadvalda yig‘ma temir-beton zavodlarida to‘g‘rilovchi va kesuvchi mashinaning texnik xarakteristikasi berilgan.
3- jadval. To‘g‘rilovchi-kesuvchi mashinaning texnik xarakteristikasi
1 rasm. I-6118 rusumli po‘lat armaturani tekislovchi va kesuvchi stanok
Diametri 16 mm dan katta bo‘lgan novdali armatura po‘latidan tayyorlangan sterjenlarni, qoida bo‘yicha oldindan to‘g‘rilanmay tayyorlanadi.
Alohida qiyshaygan sterjenlarni to‘g‘rilovchi plitalar bilan jihozlangan dastgohda to‘g‘rilanadi va armaturani stanokda planetar harakatli cho‘tka bilan tozalanadi. Uzunligi 6-12 m, diametri 10-40 mm va A- I, A- II, A- III, At- IV, At- V va At- VI klassli novdali po‘lat armatralarni S-370, SM-3002 uzatmali stanokda kesiladi. Ish hajmi katta bo‘lmaganda diametri 20 mm gacha bo‘lgan po‘latni kesish uchun qo‘l stanogi SMJ -214 dan foydalaniladi. Kesish jarayonidagi chiqindi 1-2% dan oshsa, payvandlovchi va po‘lat armaturani o‘lchab kesadigan chiqindi chiqarmaydigan yarim avtomat tizim qo‘llaniladi (2.32-rasm). Diametri 10-90 mm sterjenlarni kontaktli payvandlash bilan uchma-uch ulash avtomat, yarim avtomat va qo‘l mashinalarida (MS-162, MS-1202) bajariladi. Armaturani kesish uchun gidravlik va mexanik stanoklardan foydalaniladi.
2. -rasm. Armaturani chiqindisiz tayyorlashni tashkil etish sxemasi
1-ochiluvchi rolik; 2-payvandlash mashinasi; 3-kesuvchi stanok; 4-ko‘chirib uzatkich; 5-rolikli stol; 6-yon stellaj; 7-tayanch
3-rasm. Armatura sterjenlarini bukish sxemasi
1-tayanch barmog‘i; 2-ishchi disk; 3-sterjen;4-bukuvchi barmoq; 5-markaziy barmoq
Murakkab shakl va tuzilishdagi prokat va listni kesishda kombinatsiyalashgan press-qaychini qo‘llash kerak. Diametri 6mm li novdadan tayyorlangan armatura to‘rini parabolalik profili bo‘yicha egish uchun SMJ -34 stanok, yassi to‘r va karkaslarni egish uchun esa SMJ -353 stanokdan foydalaniladi.
Montaj ilgaklari, xomut va ankerli sterjenlarni egish SGA-40B va SGA-90 stanoklarda bajariladi. Diametri 32-40 mm li armatura sterjenlari S -146, SM -3007 va SMJ -301 stanoklarida egiladi. Diametri 12 mm dan kam bo‘lgan armatura sterjeni qo‘l stanogi NZ-4 ni qo‘llab egish mumkin. Stanok quvvatidan to‘liq foydalanish maqsadida birnecha sterjenni bir vaqtda egish mumkin; bir qancha sterjenni bir vaqtda egish uchun maxsus ushlagich talab qilinadi.
4. Armatura to‘rlari, yassi va fazoviy karkaslar, o‘rnatiladigan detallarni tayyorlash
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun to‘rlardan, tekis va fazoviy karkaslar hamda o‘rnatilgan detallardan foydalaniladi.
To‘rlar – ma’lum o‘lchovdagi elementlar, bir xil diametrdagi simdan tayyorlangan, ular montaj armaturasi sifatida qo‘llaniladi. To‘rlarni har xil uzunlikda va kenglikda ma’lum diametrli armatura va novda qadami bilan ishlab chiqariladi; ular bo‘ylama ishchi armatura va ko‘ndalang taqsimlovchi novdalar yoki ikki yo‘nalishdagi ishchi armatura, shuningdek hisob qilinmasdan konstruksiyaga kiritiluvchi to‘rlar bo‘ladi. To‘rlar plita va panel konstruksiyalarda qo‘llaniladi.
Karkasning pastki joyiga joylashtiriladigan yassi karkaslar ikki va undan ko‘proq bo‘ylama ishchi va taqsimlovchi sterjenlardan tayyorlanadi. Ular vertikal holatdagi tusinli va qovurg‘ali plita konstruksiyalarini to‘liq armaturalash sistemasini ta’minlaydi. To‘sinlarning tayanch joylarida sindiruvchi kuchlanishni qabul qiluvchi yassi karkasni pastki va yuqorigi sterjenlariga berilgan oraliqda kalta simlar payvandlangan. O‘zaro, masalan devor panellari bilan ora yopma plitalarni biriktirish uchun o‘rnatiladigan detallar, armatura qirqindisi, po‘lat plastinka yoki profilli prokatdan tayyorlanadi va ular asosiy armaturaga proektda belgilangan joyga payvandlanadi.
Fazoviy karkaslar konstruksiyani to‘liq armaturalanishni ta’minlaydigan ishchi, tahsimlovchi va montaj armaturalardan tayyorlanadi. Ko‘pchilik konstruksiyalar uchun ularni oldindan tayyorlangan to‘r va yassi karkaslarni egib yoki egmasdan tayyor yassi elementlarni payvandlash yo‘li bilan olinadi. Fazoviy karkaslar buyum turiga ko‘ra to‘g‘ri to‘rt burchak, kvadrat, tavr va doira kesimida bo‘lishi mumkin (kolonna, to‘sin, truba, tayanchlar, progonlar). Armatura karkaslari va to‘rlarini sterjen uzunligi, ularning diametri, soni, ko‘ndalang va bo‘ylama qadamining oralig‘i, o‘rnatiladigan detallarning va montaj ilgaklarining joyi ko‘rsatilgan ishchi chizma asosida tayyorlanadi.
To‘r va karkaslarni ishlab chiqarishda asosan kontakt va nuqtali payvandlash qo‘llaniladi katta diametrli sterjenlar uchun esa elektrodyoy payvandlash qo‘laniladi. To‘r, yassi va fazoviy karkaslarni ishlab chiqarishda, bir-biri bilan kesishadigan sterjenlar 30-900 burchak xosil qilib joylashganda kontaktli nuqtaviy payvandlash ishlatiladi. Payvandlash muddatiga, payvandlash tokining quvvati va zichligiga qarab yumshoq va qat’iy payvandlash tartibiga ajratiladi. YUmshoq tartibdagi payvandlashda tokni uzoq vaqtda o‘tkaziladi (0,5 dan to bir necha sekundgacha) tok kuchi (4-8) 103 A va tok zichligi (8-12)10-5 A/m2. Qat’iy tartib, qisqa mudatli payvandlash 0,01 -0,5 sek, tok kuchi (8-20) 103 A va tok zichligi (12 -30)10-5 A/m2 bilan xarakterlanadi.
Kam uglerodli po‘lat mahsulotlarni yumshoq va qat’iy tartibda payvandlanadi; pastlegirlangan po‘lat armaturani payvandlash faqat yumshoq payvandlash tartibida bo‘lishi tavsiya etiladi, sovuqtortilgan armaturalarni faqat qat’iy tartibda payvandlash kerak.
Payvandlash sifatiga sterjenlarni payvvandlash mashinasining elektrodlar bilan bosib turish kuchi, armatura diametri va turi ta’sir qiladi.
To‘rlar va yassi karkaslar bir, ikki va ko‘p elektrodli mashinalarda tayyorlash mumkin. Kengligi 70-900 mm ikki sterjenli karkaslarni payvandlash uchun (I-2AM-1, I-2AK-1, I-19RS-1, I-1AM-4) avtomatlashtirilgan tizimlar ishlatiladi. Unda bo‘ylama va ko‘ndalang sterjenlar oldin buxtadan to‘g‘rilash qurilmaga keyin elektrod mashinaga uzatiladi. Bunday tizimning ishlab chiqarish quvvati 24 – 360 m/s. Kengligi 600-3800 mm li yassi to‘r va karkaslar mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlarda tayyorlanadi. Fazoviy karkaslarni ishlab chiqarish nuqtali kontakt payvandlashni maksimal darajada qo‘llash uchun seriyali asbob-uskunalardan foydalanishga, karkas elementlarni egish uchun eguvchi mashinalar va maxsus konduktor-manipulyatorlarni qo‘llashga asoslangan.
Kvadrat yoki doira kesimidagi karkaslar uchun o‘raydigan mashinalar (SMJ -31, SMJ-165 va boshqalar)ishlab chiqarilgan, bunda spiral yoki xomut ko‘rinishidagi po‘lat buxtadan avtomatik kelib tushadi, bo‘ylama ishchi armaturani to‘g‘rilovchi-kesuvchi avtomatda tayyorlanadi va alohida uzatiladi (2.34-rasm).
3x7,2m o‘lchamli fazoviy karkaslar vertikal konduktor- monipulyator SMJ -56 A va shunday juftlangan moslama SMJ- 55 va SMJ- 286 bilan yig‘iladi. Kesishishmani osma payvandlash qisqichi bilan payvandlanadi (2.35-rasm).
O‘rgatiladigan detallarni katta bo‘lmagan hajmda ishlab chiqariladi, shuning uchun ularni maxsuslashtirilgan korxonalarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. O‘rnatiladigan detallar konstruksiyalarni montaj qilishda biriktirish uchun mo‘ljallangan . 1m3 yig‘ma konstruksiyaga o‘rtacha 8kg o‘rnatiladigan detallar sarflanadi. O‘rnatiladigan detallar profilli prokat va ankerli sterjenlardan tashkil topgan. YAssi elementlar uchun yaxshi payvandlanadigan listli, tasmasimon, burchakli va fasonli gruppasi B yoki V St3 markali po‘lat ishlatiladi; po‘lat list va profillarni qalinligi 6 mm dan kam bo‘lmagan va anker sterjenlari uchun diametri 8 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat qo‘llaniladi. O‘rnatiladigan detal elementlarni tayyorlash anker sterjenlar va listli metallarni tozalash, kesish va bukishdan iborat. Profilli prokat va fasonli po‘latni gilotin qaychisi bilan, anker sterjenlarini kesuvchi uzatmali stanokda kesiladi; yassi detallar chetlarini qat’iy to‘g‘ri burchak ostida va ularni flyusli payvandlash yo‘li bilan biriktirishda 200 qiyalikda kesiladi.
4-rasm. Kolonna karkaslarini tayyorlash mashinasi
1-payvandkallakli planshayba;
2, 3-aylanma planshaybalar;
4-yo‘naltiriluvchi aravachalar;
5-gidrodomkrat;
6-qaychilar;
7-tormoz moslamasi;
8-to‘g‘rilovchi baraban;
9-buxta tutuvchi vertushka;
10-planshaybaning burilish mexanizmi;
11-bo‘ylama armaturani tutib turuvchi moslama
5-rasm. Fazoviy karkaslarni payvandlash moslamasi
1-pryamok; 2-poydevor; 3-xarakatlanuvchan ramalar; 4-tayaanch stanina; 5-uzatkich; 6-karkas; 7-payvandlash qichqichlari
5 Armatura elementlarini sifatini nazorat qilish
Armatura mahsulotlarining sifatini nazorat qilish armaturani zavodga kelib tushgan davrdan boshlab, operatsiyalar aro olib borilishi zarur.
Nazorat bilan armaturani po‘lat sifati, turi, klassi va O‘zRSTga mosligi, zanglagan joyi bor-yo‘g‘i, kraska yoki yog‘ bilan qoplanganligi aniqlanadi. Armatura po‘lati shtabellarda prokladka yoki stellajlarda marka va diametriga ko‘ra saralanib ajratilgan xolda saqlanadi; zavod birkalari buxta va pachkalarda saqlanishi kerak. Omborga keltirilgan armatura po‘latini qabul qilishda tashqi tekshiruv va o‘lchovlar, sertifikatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, nazorat tekshiruvchidagi O‘zRST talablari va texnik sharoitlarga solishtirishdan o‘tqaziladi.
Armatura elementlarini tayyorlashda foydalaniladigan po‘lat loyiha talablariga mos kelishi shart. Armatura po‘latining sifati, payvandlash va korroziyaga qarshi ishlov berilishning sifati, sterjenlar, to‘r, yassi karkaslar o‘rnatiladigan detallar va fazoviy karkaslarning geometrik o‘lchovlarining mos kelishi, shuningdek armatura joylashishining to‘g‘riligi, ko‘rsatiladigan detallarning loyiha bo‘yicha mosligi nazorat bilan aniqlanadi.
Armatura mahsulotlari bo‘yicha asosiy normativ hujjat O‘zRST 10922-96, qaysiki texnik talablar va temir-beton konstuksiyalar uchun payvandlanadigan armaturani sinash usullarini aniq belgilab beradi. Nazorat tekshiruviga 100 ta bir turdagi mahsulotdan uchtadan kam bo‘lmagan mahsulot olinadi. Nazorat ostidagi mahsulot tekshiruvida hamma yoyli payvandlash bilan bajarilgan birikmalar sifati nazorati amalga oshiriladi, boshqa turdagi payvandlashda 5 ta dan kam bo‘lmagan biriktirish nazorat qilinadi. Kamchilik topilsa, qayta tekshiruv ikki marta ko‘p mahsulot birikmalar sonida o‘tqaziladi. Agar, qayta tekshiruvda xatto bitta mahsulot yoki birikish joyi O‘zRST talabiga mos kelmasa, bunday holatda mahsulot donalab tekshiruvdan o‘tkaziladi. Payvandlash sifati ko‘chma asbob, masalan PA-7 manometrli qo‘l bilan boshqariladigan gidravlik pressda tekshiriladi. Biriktirish sifati yangi usullar rentgenoskopik, ultratovush bilan aniqlanadi. Armtura mahsulotlari va o‘rnatiladigan detallarni payvandlash sifatiga ma’lum darajada butun inshoot mustahkamligi bog‘liq. Armatura mahsulotlarini saqlash sharoiti detal va biriktirishlarni geometrik o‘lchovlari va yaxlitligini ta’minlash kerak.
6. Payvandlash asboblari va yordamchi materiallar
Armatura, armatura mahsulotlari va o‘rnatiladigan detallarni payvandlash maxsus yoki elektrotexnik sanoati uchun mo‘ljallangan, shuningdek qurilish industriyasi sanoati korxonalarida ishlab chiqarilgan asboblarda bajariladi. To‘r va karkaslarni seriyali ishlab chiqarishda maxsus ko‘p nuqtali avtomat yoki yarim avtomat harakatdagi kontakt mashinalari – ATMS-14×75-7-1(7-2); MTMS-10×35; MTM-32; MTM-0,9; MTM-33; MTMK-3×100 va MTM-35 lar qo‘llaniladi. Bu mashinalarda turli o‘lchovlardagi: 80mm kenglikdan va 440mm uzunlikdan, 800mm kengligi va 12000mm uzunligi bo‘lgan to‘r va karkaslar payvandlanadi.
Mayda seriyali engsiz va kichikgabaritli to‘rlar, keng nomenklaturali yassi karkaslar, shuningdek o‘rnatiladigan detallar bir nuqtali umimiy maqsadga mo‘ljallangan mashinalarda tayyorlanadi. Fazoviy karkaslar tayyorlashda kontaktli osma mashinalar – MTPP-75, MTPG-75, MTP-806, MTP-807, MTPG-150-2, MTP-1203, KT-601 va KT-801 qo‘llaniladi. Uchma-uch biriktirib payvandlanadigan armaturalar umumiy maqsaddagi kontaktli mashinalar va yolg‘iz avtomat tizimida chiqindisiz payvandlash va armaturani kesadigan maxsus avtomat mashina K-724 bilan bajariladi.
O‘rnatiladigan detallar tavrli biriktirish ADF-2001 avtomatda yoki yarim avtomat ta’siridagi moslamada payvandlab tayyorlanadi; SO2 muhitda payvandlashda umumiy maqsaddagi payvandlovchi avtomat qo‘llaniladi. O‘rnatiladigan detallarni payvadlash maxsus yoki umumiy maqsaddagi yarim avtomatda bajariladi.
Sterjenli armaturalarni nuqtali kontakt va uchma-uchli payvandlash uchun payvandlanadigan va yordamchi material sifatida silindrik yoki to‘g‘riburchakli elektrodlar va maxsus mis quymali gubka yoki M1 va M2 markali mis qo‘llaniladi. Kontakt yuzasi 25, 40 va 60mm diametrli kontakt nuqtali mashina elektrodlari 3-10, 12-22 va 25-50mm diametrli mos sterjenlarni payvandlashda qo‘llaniladi. O‘rnatiladigan detallarni payvandlashda quyidagi markali AN-348A, AN-8, AN-14, AN-22 va FN-7 flyuslar ishlatiladi. Flyus ishlatilishidan oldin 250-3000 S haroratda 2 soat davomida qizdiriladi. Armatura va o‘rnatiladigan detallarni biriktirib payvadlash uchun SV08GS va SV08G2/S markali sim va O‘zRST 9466-95 elektrodlar qo‘llaniladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

2022

@izzatbek_0018 & @Hamidov.A


Yüklə 23,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin