13-mavzu. Yangi diniy harakatlar va sektalar reja



Yüklə 25,25 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2022
ölçüsü25,25 Kb.
#65630
  1   2
9wY1d0BB6s0B2kheEYHKlW3RNoYH7W8Jl4rtnXLj


13-MAVZU. YANGI DINIY HARAKATLAR VA SEKTALAR


Reja:
1. Dunyoning konfessional manzarasi.
2. Soxta xristianlik harakatlari.


Tayanch tushunchalar: Din, konfessiya, sekta, diniy tashkilot, missionerlik, xarizmatika, xristianlik, islom, buddaviylik, hinduiylik, Xitoy dinlari, O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar, mormonlar, Krishnani anglash jamiyati, Yahve shohidlari, Bahoiylik, Bobiylik, noan'¬anaviy diniy oqimlar, Ahmadiylik.
Mavzu o‘quv maqsadi: Konfessiya, sekta tushunchalarining mazmun-mohiyati, bugungi kunda dunyoning konfessional xaritasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, dinlarning geografiyasidagi yangi tendensiyalar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish.
XIX-XX asrlarda yirik dinlar doirasida yuzaga kelgan diniy tashkilotlar, ularning e'tiqodi va faoliyati, jamiyatga ta'siri haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish.
1. Dunyoning konfessional manzarasi. "Konfessiya" so‘zi (lotincha – "confessio") o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda “e'tiqod qilish”, degan ma'noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya deganda muayyan diniy ta'limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e'tiqod va ushbu e'tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar jumlasiga kiradi.
Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya hisoblamaydilar.
Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me'yoriy omillardan biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq me'yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan.
Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in'ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson ma'naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e'tiborning kuchayishini keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta'minlagan holda bugungi kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq ekanini ham alohida qayd etish lozim.
Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradi.
Yangi diniy harakatlar (YaDH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida Yevropa va AQShda tarqalgan noan'anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi. Tadqiqotchilar bunga an'anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini ta'kidlaydilar. YaDH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu “o‘tkinchi dunyo”ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini “xaloskor”, yuksak axloqli “haqiqatgo‘y” sifatida ko‘rsatdilar. YaDH to‘riga ko‘proq yoshlar ilinadilar.
Odatda YaDH qat'iy ta'limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli bilan belgilanadi. Liderlar an'anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshiriladi. YaDHning ba'zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan.
YaDH meditasiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir (Masalan, “Aum Sinrikyo” (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va Kanada) va b.).

Yüklə 25,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin