Izoh: 6+(-81)+45+(-7) = -37
11-sinf
1.Tomonlari R ga teng bo’lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va radusi Rga teng doiraning yuzini hisoblash dasturini tuzing.
2.Quyidagi ketma-ketlikning n ta hadi yig`indisini hisoblash dasturini tuzing.
*2*3,3*4*5,5*6*7,…
3. Son o’qida A, B va C nuqtalar berilgan bo’lib, C nuqta A va B nuqtalar orasida yotadi. AC va BC kesmalar uzunliklarining ko’paytmasini hisoblash dasturini tuzing.
4. Robot aylana shaklidagi stolning o’rtasida turibdi. U sharqqa tomon N qadam, shimolga M qadam, g’arbga T qadam va janubga tomon L qadam bosdi. O’z harakati yakunida robot stol ustida qoladimi?
5. Bolalarning onasi uyga N dona yong’oq keltirganidan so’ng bolalar birma-bir maktabdan qaytdilar. Har bir bola o’zini birinchi bo’lib kelgan hisoblab, yong’oqlardan o’z ulushini hisoblab oldi. Agar yong’oqlar teng bo’linmasa ortiqcha yong’oqlar savatda qoldirildi. M nafar bolalarning oxirgisiga qancha yong’oq tekkan? Hamma bolalar yong’oq olganlaridan keyin savatda qolgan yong’oqlar sonini aniqlang.
6. 2xN (N<=1000) o’lchamli to’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonning pastki satrigatasodifiy miqdorda minalar joylashtirilgan. Yuqori satrning har bir katagida esa 0 dan 3 gacha bo’lgan sonlardan biri yozilgan bo’lib, u pastki satrning shu katakka qo’shni katagi (raqam joylashgan katak ostidagi, uning o’ng tomonidagi yoki chap tomonidagi kataklardan biri)da joylashgan minalar sonini bildiradi. Minalarning joylashishi bo’yicha mumkin bo’lgan barcha holatlarni aniqlovchi dastur tuzing.
7. Ishchilar qurilish ishlari olib boriladigan hududni to’smoqchi bo’ldilar. Buning uchun ular har birining uzunligi 1000 metrdan oshmaydigan K miqdordagi to’siq devorlardan foydalanishlari zarur. Mavjud uzunlikdagi to’siq devor yordamida o’rash mumkin bo’lgan maydonning maksimal yuzini hisoblash dasturini tuzing.
11-sinf
1.Berilgan nuqtani uchining koordinatalari ma’lum bo’lgan kesmada yotish yoki yotmasligini aniqlovchi dastur tuzing.
2.Quyidagi ketma-ketlikning n ta hadi yig`indisini hisoblash dasturini tuzing.
1/2, 3/4, 5/6, 7/8, …
3.Kiritilgan sonni teskarisiga o’girib beruvchi dastur tuzing.
Dostları ilə paylaş: |