14- Laboratoriya ishi
MAVZU:
Raqam-analog o‘zgartirgichlarni tadqiq qilish.
Ishning maqsadi:
Raqamli signallarini
shakllantirish sxemasini
Logic
Converter
asosida tadqiq etish.
1.
Nazariy ma’lumot
Taktli impuls generatori (taktli chastota generatori) raqamli qurilmalar -
kompyuterlar, EHM lar, elektron soatlar, taymerlar
va boshqalarda turli
jarayonlarni sinxronlashtirish uchun mo'ljallangan. U ma'lum bir chastotaning
elektr pulslarini (odatda to’gri burchakli shakl) hosil qiladi, bu ko'pincha
etalon
sifatida ishlatiladi - impulslar sonini hisoblashda siz, masalan, vaqt oralig'ini
o'lchashingiz mumkin.
Mikro EHM lar, turli avtomatlar, ilmiy
tajribalarni olib borishni
boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida uzluksiz
(analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi.
Datchik
va ijro organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan bogʻlash
uchun analog signalni shu signal amplitudasiga proporsioanl songa oʻzgartirish
va aksincha oʻzgartirish talab qilinadi.
Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini
richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida
oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir yelkasiga noma’lum ogʻirlikdagi yuk
qoʻyiladi,
ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g ogʻirlikdagi)
tarozi muvozanat holga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning
grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda
analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan oʻlchanganda esa 5 g. xatolik
bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi.
Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli
tarozi rolini ikki kirishli
solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga oʻzgarmas
kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi elkasiga raqamli
datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi.
Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga
mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi.
Solishtirish jarayoni maxsus signal
yordamida startstop trigger
sxemasining ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Triggerli sxema pogʻonasimon
ortib boruvchi kuchlanish generatori va ikkilik hisoblagichni boshqaruvchi
toʻgʻri burchakli impulslar shakllantiradi. Bu generator pogʻonpsimon kuchlanish
ishlab chiharadi, hisoblagich esa hisobni noldan boshlaydi.
Pogʻonasimon kulchanish kirish bilan tenglashsa, uni komparator qayd etadi,
startstop trigger dastlabki holatiga qaytadi va toʻgʻri burchakli signallarning
kelishi qoʻshimcha mantiqiy element yordamida blokirovka qilinadi.
Bunday sodda oʻzgartirish sxemasi yordamida
analog kattalik raqamli
shaklga ancha uzoq vaqt davomida oʻzgartiriladi, chunki pogʻonasimon
kuchlanish ketma-ket kiritiladi.
Oʻzgartirish vaqtini qisqartirish maqsadida pogʻonasimon kuchlanish
generatori raqamli-analog oʻzgartirgich bilan almashtiriladi. Shuning uchun analog-
raqamli oʻzgartirgich (AROʻ) sxemasiga raqamli-analog oʻzgartirgich (RAOʻ)
sxemasi bilan tanishib boʻlgach qaytamiz.
Kompyuterlar
va
komunikatsiya
vositalari
zamonaviy
axborot
texnalogiyalarining asosi bo'lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan
ikkinchi joyga tezkor etib boradi, yangiliklar tez tarqaladi. Kompyuter yordamida
aloqa
qilish
uchun
foydalanuvchiga
modem
zarur
bo'ladi.
Uzatilayotgan ma’lumot tovush, matn yoki videotasvir iborat bo'lishi
mumkun. Ma’lumotlar ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi mumkin: analogli
va raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatiladi. Raqamli esa diskret shaklida.