14- уanvar Vatan himoyachilari kuni


(“Botir askarlar ” qo’shig’ni ijro etishadi)



Yüklə 31,31 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü31,31 Kb.
#39040
1   2   3   4
14-Yanvar Mardlar qo’riqlaydi Vatanni ssenariy

(“Botir askarlar ” qo’shig’ni ijro etishadi).

I boshlovchi: Endi sahnaga harbiylar sulolasi vakillarini taklif qilamiz.

Ota va o’g’ilcha harbiy kiyimda shaxdam qadamlar ila sahnaga chiqib kelishadi.



O’g’il : Dadajon,askar akam

Qadam tashlar gurs, gurs, gurs

Vatanimga,xalqimga

Sodiqman deb began so’z.

Shundaymi?

Ota: - Shunday!

O’g’il : Men ularning ukasi,

Qanday bo’lishim kerak?

Vatan ishiga tayyor –

Bo’lib turishim kerak.

Shundaymi?

Ota: - Shunday!

O’g’il : Vatanimni, xalqimni

Ko’z qorachig’imdek asrayman.

Askar akamga o’xshab,

El ishonchin oqlayman.

Shundaymi?

Ota: - Shunday!

Ofarin,ota o’g’il,

Tilginangga bol -shakar,

Sen ham bir kun ulg’ayib,

Bo’lasan botir askar.

II boshlovchi: Yana sizlarni qatra xandalar tinglab, tomosha qilishga taklif etamiz.

Praporshik uyiga kelib xotiniga dedi:

- Qornim rosa ochiqdi, darhol olib kelgin ovqatingni.

Xotin unga nisbatan nolishini boshladi:

- Bugun shunday charchadim- ki! Kun bo’yi bir marta o’tirib turishga ham vaqtim bo’lmadi.

- Praposhikning xotiniga rahmi keldi va uni ikki yuz marta o’tirib turishga majbur qildi.



I boshlovchi:

Yurtimizda To’marisning avlodlari Barchinoyday shiddatli, shaxdli,qasamyodiga sodiq, ahdlari qutlug’ posbon libosini kiygan ayollarimiz talaygina. Biz ana shu elkalarida yulduzchalar porlab turgan xotin- qiz harbiylarimizni bugungi bayram ila quyidagi ash’or ila chin ko’ngildan tabriklaymiz. Doimo ular sog’ - salomat bo’lishsin, omad, baxt ularni hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.



1- bola:Baxtlisizlar, kun tun elga tinchlik so’rab,

Lekin doim yurolmaysiz kulib yayrab.

Yurtni ko’proq sevgim kelar sizga qarab,

El posboni libosin kiygan qizlar.



2- bola:Elkangizda yulduzchalar porlab turar,

Sizni mudon yorug’likka chorlab turar.

Siz kulganda osoyishta olam kular,

El posboni libosin kiygan qizlar.



3- bola:Siz- jasur malikasiz,jur’atlisiz,

Gulchehrasiz-hamda go’zal siyratlisiz,

O’rni kelsa,shamoldan ham shiddatlisiz,

El posboni libosin kiygan qizlar.



I boshlovchi: Hurmatli mehmonlar,aziz ustozlar!Shu aziz vatan deb, el-u yurt tinchligini o’ylab,shahid ketgan marhum ota – bobolarimiz, akalarimiz xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashlaringizmi so’rayman.

II boshlovchi: Jonlar fido Vatanga,

Bu gullagan chamanda.

Yuqtirmaymiz zarra gard,

Nomi aziz jon- tanga!



I boshlovchi: Yog’diramiz ming rahmat

Onamiz, otamizga!

Omon qolmas yov, kalxat,

Suqsa bosh yurtimizga!



II boshlovchi: Shuning bilan Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab tayyorlangan tadbirimiz o’z nihoyatiga yetdi.

E’tiborlaringiz uchun tashakkur! Doimo sog’ - omon bo’linglar!
Yüklə 31,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin