(“Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi).
I boshlovchi: Endi harbiylar hayotidan qatra xandalar tomosha qiling.
Bir harbiy xizmatdan horib, charchab qaytib kelayotsa , yo’lda bitta shisha idish topib olibdi. Shisha og’zini ochgan ekan, undan bitta jin chiqib kelibdi.
U jindan so’rabdi:
- Sen haqiqatdan jinmisan?
-Albatta,xo’jayin.
-Hamma narsani qilishni,ayganlarimni uddalashni bajara olasanmi?
-Albatta,xo’jayin.
-Unda menga chet elga borish uchun bitta “zagranpasport”
qilib ber!
-Uch yuz dollor, xo’jayin!
-A?
-Ha. Hozir jinlar ham tadbirkor bo’lib ketishgan-ku!
II boshlovchi Har bir askar xizmati Vatanga qasamyod qilishdan boshlanadi va unga umrbod amal qiladi.
Sahna pardasi ochiladi. Sahna to’rining markazida harbiy xizmatga chaqirilgan askarning tik turgan davlat bayrog’i oldida tiz cho’kib, do’stlari yonida qasamyod qilayotgan payti tavirlangan.Uning yonida oq libosda turgan askar onasining Vatan himoyasiga otlangan o’g’lonlar uchun duoga qo’l ochib,oq fotiha berayotgani tasviri keltirilgan.
Ayni shu pallada ikki o’quvchi qo’lida guldasta bilan sahnaning ikki chekkasida turib she’r o’qiydi.
1- bola:Shaxdam qadam ila olg’a bosarlar,
Bo’y- basti kelishgan,o’ktam o’g’lonlar,
Havas ila boqar sizga odamlar,
Xalqni baxt-la asragan,ko’ksi qalqonlar!
2- bola:Tinchlik hukm surar yurt osmonida,
Anvoyi gullar bor bog’- bo’stonida,
Hamisha hushyordir yurt qo’rg’onida,
Mudom omon bo’lsin, bedor posbonlar!
Dostları ilə paylaş: |