14-Amaliy ish
SIP signalizatsiyasini o‘rganish va SIP protokoli bo‘yicha ulanishni tashkil etish.
IShDAN MAQSAD
SIP signalizatsiya protokoli so‘rovlari va javoblari, bog‘lanishlarni o‘rnatilishi ko‘rinishlari va tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlashi variantlari bilan tanishi.
TOPShIRIQ
1. Laboratoriya ishiga tayyorlanishda quyidagi masalalarni o‘rganish zarur:
- SIP protokoli so‘rovlari;
- SIP protokoli javoblari guruhi;
- SIP tarmog‘i elementlari orasida bog‘lanishlarni o‘rnatilishi ko‘rinishlari.
2. O‘qituvchidan topshiriqni olish va signallar xabarlarini almashtirish ko‘rinishlarini qurish.
14.1-jadval.
Topshiriqlar variantlari
Vari-ant
|
SIP protokoli xabarlari
|
Chaqiruvchi foydalanuvchi
|
Chaqiriluvchi foydalanuvchi
|
O‘tilgan serverlar
|
So‘rov va javob turi
|
1
|
Nomi: Director
SIP-manzil:
director@loniis.ru
|
Nomi: engineer
SIP-manzil:
engineer@sip.
loniis.ru
|
loniis.ru
sip.loniis.ru
|
INVITE, 200 OK
|
2
|
Nomi: Andrew
SIP-manzil:
andrew@sipserver.com
|
Nomi: Sasha
SIP-manzil:
sasha@sip.bell.org
|
Sipserver.com
central.com
bell.org
|
BYE, 302 Moved
Temporarily
|
3
|
Nomi: Bill Gaits
SIP-manzil:
bill@microsoft.com
|
Nomi: V. Ivanov
SIP-manzil s:
ivan@sip.telecom.ru
|
microsoft.com
interconnect.com
telecom.ru
|
OPTION
404 Not Found
|
4
|
Nomi: User A
SIP-manzil:
userA@sip.bonch.edu
|
Nomi: User B
SIP-manzil:
userB@sut.ru
|
bonch.edu
centralserver.ru
|
REGISTER
200 OK
|
14.2-jadval.
Topshiriqlar variantlari
Tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlashish
|
|
A foydalanuvchi
|
B foydalanuvchi
|
Shlyuzning joylashish o‘rni
|
Chaqiruvning tugashi uchun harakat
|
5
|
madina@msn.com
|
998692357010@samarkand-etc.uz
|
AMTS Samarkand
|
A abonent birinchi go‘shakni qo‘yadi
|
6
|
madina@msn.com
|
998712357010@tashkent-etc.uz
|
ATS240 Tashkent
|
B abonent birinchi go‘shakni qo‘yadi
|
7
|
amir@etc.uz
|
2150011@nukus-gateway.etc.uz
|
AMTS Nukus
|
B abonent banda
|
8
|
nodira@etc.uz
|
2359987@tashkent-gateway etc.uz
|
ATS235 Tashkent
|
B abonent javob bermayapdi
|
9
|
temur@etc.uz
|
2359987@buxara-gateway.etc.uz
|
AMTS Buxara
|
B abonent birinchi go‘shakni qo‘yadi
|
10
|
alex@msn.com
|
998724057010@tashkent-etc.uz
|
ATS235 Tashkent
|
A abonent birinchi go‘shakni qo‘yadi
|
11
|
bill@msn.com
|
2639987@tashkent-gateway etc.uz
|
ATS235 Tashkent
|
B abonent javob bermayapdi
|
USLUBIY KO‘RSATMALAR
14.1. SIP protokoli so‘rovlari
“Mijoz-server” arxitekturasiga muvofiq barcha xabarlar mijozdan serverga uzatiladigan so‘rovlarga va serverdan mijozga uzatiladigan javoblarga bo‘linadi.
SIP protokolining hozirgi versiyasida oltita turlardagi so‘rovlar aniqlangan. Ulardan har biri yetarlicha keng doiradagi vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan, bu SIP protokolining yaqqol avzalligi hisoblanadi, chunki shu tufayli terminallar va serverlar almashadigan xabarlar soni minimumga keltirilgan. So‘rovlar yordamida mijoz joriy joylashish o‘rni haqida xabar qiladi, foydalanuvchilarni aloqa seanslarida qatnashishga taklif qiladi, o‘rnatilgan seanslarni modifikatsiyalaydi, ularni yakunlaydi va h.k.. Server boshlang‘ich satrda ko‘rsatilgan nom bo‘yicha qabul qilingan so‘rovning turini aniqlaydi.
INVITE so‘rovi foydalanuvchini aloqa seansida qatnashishga talif qiladi. INVITE turdagi so‘rovga javobda chaqiruvchi foydalanuvchi qabul qiladigan ma’lumot turi ko‘rsatiladi va bundan tashqari, chaqiriluvchi foydalanuvchi uzatishga urinayotgan ma’lumot turi (ma’lumotlarni uzatish bo‘lishi mumkin parametrlari) ko‘rsatilishi mumkin.
ASK so‘rovi INVITE so‘roviga javobni qabul qilinishini tasdiqlaydi. ASK xabarida chaqiruvchi foydalanuvchi uzatadigan aloqa seansining yakuniy tasifiga ega bo‘lishi mumkin.
CANCEL so‘rovi oldingi uzatilgan so‘rovlarni qayta ishlashni, o‘sha CANCEL so‘rovidagi Call-ID, To, From va Cseq maydonlar qiymatlari bilan bekor qiladi, lekin qayta ishlash tugagan so‘rovlarga ta’sir qilmaydi.
BYE so‘rovi orqali chaqiruvchi va chaqiriluvchi foydalanuvchi qurilmasi bog‘lanishni yakunlaydi. BYE so‘rovini olgan tomon nutq (multimediali) ma’lumotni uzatilishini to‘xtatishi va uni bajarilishini 200 OK javob bilan tasdiqlashi kerak.
REGISTER turdagi so‘rov yordamida foydalanuvchi o‘z joriy joylashish o‘rnini xabar qiladi:
To maydoni serverda saqlash yoki o‘zgartirish kerak bo‘lgan manzilli ma’lumotlarga ega bo‘ladi;
From maydoni ro‘yxatga olish initsiatorining manziliga ega bo‘ladi. Foydalanuvchini uning o‘zi yoki boshqa shaxs ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin, masalan, kotiba o‘z boshlig‘ini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin;
Contact maydoni barcha keyingi INVITE so‘rovlari uzatilishi kerak bo‘lgan foydalanuvchining yangi manziliga ega bo‘ladi. Agar REGISTER so‘rovida Contact maydoni mavjud bo‘lmasa, u holda ro‘yxatdan o‘tkazish oldingidek qoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilingan hollarda bu yerda «*» simvoli joylashtiriladi;
Expires maydonida sekundlarda vaqt ko‘rsatiladi, bu vaqt davomida ro‘xatdan o‘tkazish amalda bo‘ladi. Agar bu maydon mavjud bo‘lmasa, u holda yashirish bo‘yicha vaqt 1 soat o‘rnatiladi, bundan keyin ro‘xatdan o‘tkazish bekor qilinadi. Ro‘xatdan o‘tkazishni (0) qiymat tayinlangan Expires maydonli va mos Contact maydonli REGISTER xabarini uzatilishi bilan bekor qilish mumkin.
OPTIONS so‘rovi orqali chaqiruvchi foydalanuvchi chaqiriladigan foydalanuvchining terminal qurilmasining funksional imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni so‘raydi. Bu so‘rovga javobda chaqiriladigan foydalanuvchining terminal qurilmasi talab qilinadigan ma’lumotlarni xabar qiladi. OPTIONS so‘rovining qo‘llanilishi bog‘lanish o‘rnatilguncha qurilmaning funksional imkoniyatlari haqida bilish zarurligi bilan cheklangan. Bog‘lanishni o‘rnatilishi uchun bu turdagi so‘rov ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |