Analogli uzatish liniyalar abonent liniyasining tuzilish tizimi



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü37,98 Kb.
#208822
  1   2   3   4
3-maruza ttt atrabotka


3-Ma’ruza. ANALOGLI UZATISH LINIYALAR

Abonent liniyasining tuzilish tizimi.
Abonent liniyalarining tuzilishi uch xil ko‘rinishga ega: shkafsiz, shkafli va kombinatsiyalangan-ya’ni u shkafli va shkafsiz ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi.
Abonent liniyasining shkafsiz tizimida ATS binosida o‘rnatilgan oxirlash uskunalariga abonent liniyalari to‘g‘ridan– to‘g‘ri ravishda ulanadi (1-rasm).



1-rasm. Abonent liniyalarining tuzilishi: TA-telefon apparati; a.l.-abonent liniyasi
1. Koaksial zanjirlarni (juftlarni) aniqlash, koaksial zanjirlarining konstruktiv elementlarini nomlanishi.
Javob: Koaksial zanjir (lotin so‘zidan coaxis – bitta o‘qda) xam konstruktiv, xam elektr farqlari bilan ajralgan ikkita o‘tkazgichlardan tashkil topgan bo‘lib, bitta umumiy o‘qga egadir (1-rasm). Ichki va tashqi o‘tkazgichlar bir xil yoki xar xil metallar bilan tayyorlanishi mumkin.



1-rasm. Koaksial kabel zanjiri.
1-ichki o‘tkazgich, 2-o‘tkazgichlar orolig‘idagi izolyatsiya, 3-tashqi o‘tkazgich



2-rasm. Koaksial juftlarning diametri.
a) 2,6  9,5 turi b) 1,2  4,6 turi v) 2,1  9,7 turi.
1-ichki o‘tkazgich, 2-polietilen shayba, 3-tashqi o‘tkazgich, 4-spiralsimon ikkita po‘lat tasma, 5-qog‘oz tasmali tashqi izolyatsiya, 6–polietilen ballonli izolyatsiya,. 7-polivinilxlor tasmali tashqi izolyatsiya, 8-polietilen izolyatsiya.

3-rasm. Kabel o‘zaklarini tuzilish sxemasi.
a) bog‘lamli o‘ram, b) qatlamli o‘ram.
1-bog‘lam, 2-qatlam, 3- kamarli izolyatsiya, 4- namdan saqlovchi qobiq.
Kamar izolyatsiyasi o‘ramlarni biriktirib ularni formasini (ko‘rinishini) saqlashda, kabellar zanjirini mexanik va ekran yoki namdan saqlovchi qobig‘ini joylashtirishda, zanjirlar oralig‘idagi izolyatsiyani elektrik chidamligini oshirishda, metall yoki kabel ekranlarini qoplashda muxofaza vazifasini bajaradi. qishloq va shahar telefon tarmoq kabel o‘tkazgichlarida erkin hajmda (simlar oralig‘i bo‘shlig‘ida), to‘liq polietilen izolyatsiya bo‘lib, o‘zak neftni qayta ishlov berilgan, namlanmaydigan mahsulot tarkibi bilan to‘ldiriladi. Gidrofob to‘ldirgich kabel zanjirlariga tashqi muxitdan nam kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoklarini, ma’lumotlar uzatilishi, Internet xizmatlariga kirib borishini rivojlantirish va zamonaviylashtirish
respublikamizda ustivor urinlarga chiqmoqda.

Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotini tezkor ayirboshlashga, jaxon axborot resurslari kirib borishiga yukori ixtiyoj, ta’lim jarayonlarini va kishilarning kundalik turmushni kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek, axborot va malumotlar bazasi saqlanishini ta’minlash extiyoji qarorda qabul qilindi. Bunday texnologiyalarni xayotga tadbiq etish uchun aloqa liniyalari asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston mustakilligi yillarida telekomunikatsiyalar soxasi kuchli
rivojlanishga erishdi va mamlakat iktisodini jadallashtirishda, aholiga
xizmat kursatishda o‘zining o‘sib boruvchi moxiyatini ko‘rsatmokda.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak 1902 yilda Toshkent shaxrida 50taga mo’ljallangan
analog telefon stansiya bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu raqamlar bir
necha minglab marotaba o‘sib ketgan. Bunga misol tariqasida kuyidagilarni
keltirish mumkin: Germaniyaning «Alkatel», «Simens» kompaniyalari
ishtirokida Toshkent, Samarkand va xamma viloyatlarning markazlarida
raqamli ATS lar qad ko‘tardilar «Simens» kompaniyasi bilan birgalikda
Trans Osiyo – Yevropa optik tolali aloqa liniyasini milliy kismi qurib
bitkazildi, «Alkatel» kompaniyasi bilan birga esa «Chirkom» qo‘shma
korxonasi tashkil etildi. Xozirgi kunda Yaponiya, AKSh, Germaniya, Italiya,
Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Malayziya, Indoneziya va qator
boshqa mamlakatlar bilan xamkorlikda telekommunikatsiya tarmoqlarini
rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.

1995 – 2000 yillar mobaynida tizimni rivojlantirish maqsadida
Yaponiyaning tashqi iqtisodiet xamkorlik fondi (OECF) 12.7 mlrd Yapon
Yenasi miqdorida imtiyozli kredit ajratgan edi. Natijada Respublika
viloyatlari markazlarida raqamli kanallar tashkil qilish uchun 1925 km
uzunlikdagi optik tolali aloqa kabellari yotkizilib, 1028 kilometrlik
radioreleli va uzatish tarmoqlari ishga tushirildi. Qoraqalpag‘iston
Respublikasi, Xorazm, Buxoro, va Navoiy viloyatlarida esa 251.5 ming
raqamga ega rakamli telefon stansiyalari aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.
39 ta tuman va shaharda zamonaviy maxalliy telefon aloqa xizmatidan
foydalanish imkoniyatini berdi.

O‘zbekiston Respublika xukumati bilan Yaponiya Halkaro hamkorlik
banki (JBIC) o‘rtasida tuzilgan kredit kelishuviga asosan, 1999 – 2005
yillar davomida mamlakatimiz telekommunikatsiya tarmog‘ini
rivojlantirish loyxasini 2 – bosqichini amalga oshirish uchun 12.7
milliard Yapon yenasi miqdorda imtiyozli sarmoya ajratilgan edi.
Agentlik, «Uzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi va Radioaloka,
radioeshittirish va Televidine markazi korxonalarining sa’y –
xarakatlari natijasida ushbu kredit xisobiga 37000 sig‘imga ega bo‘lgan
telefon stansiyalari, ikkita xalkaro telefon stansiyalarini o‘rnatish,
salkam 2700 km uzunlikda optik tolali aloka kabellarini yotqazish, 185 ta
uzatish va 5ta radioreleli aloka tizimlarini ishga tushurish
rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm,
Buxoro, va Navoiy viloyatlari aholisi uchun aloka xizmatlarini kursatish
qiyin bulgan, xududni kamrab olgan xolda, simsiz abonent liniyalari
tizimini tatbiq qilish xamda 63 ta televidenie va 36 ta radiouzatgich
o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyixani amalga oshirish uchun DETECON/NT maslaxatchilari
yordamida halqaro tender o‘tkazildi. Unda 30 dan ortik xorijiy kompaniya va
firmalar ishtirok etdi. Tender asosan 4ta LOTdan tashkil etilgan bo‘lib,
1– LOT raqamli telefon stansiyalarni, 2 – LOT optik va radioaloka
tizimlarini o‘rnatish, optik tolali kabellarni olib kelish va ularni
yotqazish ishlarini, 3 – LOT simsiz abonent liniyalarini tizimini tadbiq
qilish va 4 – LOT televidenie va radiouzatgichlvni o‘rnatishni o‘z ichiga
oladi. Tanlovning 1, 2 va 4chi lotlari bo‘yicha Yaponiyaning «Misumi»
kompaniyasi va uning pudratkilari – «NEK», «FUJIKURA», Xitoyning
«Xuavey», AKShning «Xarris» kompaniyalari, 3 – LOT buyiga Yaponiyaning
«Marubeni» kompaniyasi va uning pudratchisi AQShning «Lyusent
texnolojis» kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Ular tegishli shartnomalar asosoda
amaliy ishlarni boshlab yubordilar. Bu ishlar 2005 yillar boshlarida
nixoyasiga yetkazildi.

Keskin iqtisodiy islohatlar yillarida aloqa tarmog‘i uchun tub
o‘zgarishlar davri bo‘lib qoldi. O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish
davrida yagona milliy aloqa tizimini yangi sharoitlarda ishlashga ko‘nikib
ketishini aloqachilar o‘zlariga vazifa deb belgiladilar. Bu xolatda inqiroz
oldini olish, pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish siyosatida
islohatlar o‘tkazish va qisqa muddat ichida zamonaviy texnologiyalarni
joriy qilish imkoniyatini ta’minlash zarurdir.
1993 yili Vazirlar Maxkamasi «Aloqa» to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Bu qonun aloqa korxonalarining ma’suliyati va ularning xuquq hamda
burchlari haqidagi qonundir.
1995 yili 1 avgust kuni Vazirlar Maxkamasi tomonidan PF–380
qaror qabul qilindi va bu qaror telekommunikatsiya tarmoqlari uchun
milliy dastur bo‘lib qoldi. U «O‘zbekiston Respublikasida
telekommunikatsiya tarmoqlarini 2010 yilga qadar rivojlantirish va
rekonstruksiya qilish» qarori bo‘lib xisoblanadi.
Bu qarordagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlantirishi
uchta davrdan iboratdir:


Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin