Analogli uzatish liniyalar abonent liniyasining tuzilish tizimi


Bu qonun 28 moddadan iborat, unda quyidagi asosiy tushunchalar kelitirilgan



Yüklə 37,98 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü37,98 Kb.
#208822
1   2   3   4
3-maruza ttt atrabotka

Bu qonun 28 moddadan iborat, unda quyidagi asosiy tushunchalar kelitirilgan:
telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar, yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichi, radio, optic yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalangan holda uzatish, qabul qilish va qayta ishlash tushuniladi:
telekommunikatsiyalar tarmog‘i – uzatishlarning bir yoki bir necha turini telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va xujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radio eshittirish dasturlarini translyatsiya qilishini ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telekommunikatsiya vositalari – elektro magnit yoki optic signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash,
kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkoniyatini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshoatlar va tizimlar;

telekommunikatsiya inshootlari – telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari moslamalari, tayanchlar, machtalar va boshqa inshoatlar;
oxirgi (terminal) asbob – uskunalar – telekommunikatsiya tarmoqlari bilan xamkorlik qiluvchi holda hamda telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qiladigan signallarni hosil qilish,
o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimal, radio–telepriemniklar va boshqa qurilmalar);

tarmoqlararo ulanishlar – telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro texnologik hamkorligi bo‘lib, u turli telekommunikatsiya operatorlarining foydalanuvchilari o‘rtasida axborotni uzatish va qabul qilishni ta’minlaydi;
telekommunikatsiyalar operatori – mulk xuquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiyalar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya
xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;

telekommunikatsiya xizmatlari provayderi foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
telekommunikatsiyalar xizmatlari – operator va provayderining signallari hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyat maxsuloti;
telekommunikatsiyalar xizmatidan foydalanuvchi – telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi xisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
universal xizmatlar–umumiy foydalanuvchidagi telekommunikatsiya tarmoqlari barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo, va halqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar)

Yüklə 37,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin