I bosqich – 1995 – 2000 yillar; II bosqich – 2001 – 2005 yillar; III bosqich – 2006 – 2010 yillar. I bosqich mobaynida telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi uchun ancha ishlar qilindi, bunga misol tariqasida 1998 yil yanvar oyida Respublikamiz xududidan o‘tgan TOE optik tolali aloqa liniyasi ishga tushirildi, bu trassa Xitoyning Shanxay shaxrini Germaniyaning Frankfurt shaharlarini bog‘ladi, trassa uzunligi 27 ming kilometr bo‘lib,
20ta davlatdan o‘tadi. Trassa Respublika bo‘yicha 896 km uzunlikda o‘tgan bo‘lib, uning quvvati 4824,61 ming km-kanal tashkil etadi. 1999 yili Yaponiya tashqi iqtisodiy bank tomonidan berilgan 12,7 mlrd. Yaponiya yen miqdordagi imtiyozli kredit xisobiga Respublikamizning Orol bo‘yi viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va
Navoiy viloyatlari hamda Toshkent viloyatlari, telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilindi hamda Buxoro–Nukus 607 kilometrli OTAL magistrali, Toshkent – Angren 203km bo‘lgan OTAL magistral qurib
bitkazildi. Angren, Farg‘ona, Andijan, Namangan shaharlar oralig‘idagi 422,5 km va Samarqand – Qarshi oralig‘idagi 196.8 km bo‘lgan radiorele liniyalari ishga tushurildi. Bu davr mobaynida Indoneziya O‘zbekiston qo‘shma korxonasi «UZI» telefon stansiyalari raqamli telefon stansiyalarga o‘zgartirildi va bu bilan davlatimiz aholisi sifatli aloqa bilan ta’minlandi. II – bosqichda 2001 – 2005 yillar davomida mamlakatimiz
telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish loyihasining 2–bosqichini
amalga oshirish uchun 12,7 mlrd. Yapon yen miqdorida Yaponiya Halqaro
hamkorlik banki (JBIC) tomonidan imtiyozli sarmoya ajratildi va bu sarmoya
hisobiga ko‘pgina ishlar tugallandi. III – bosqich davrida esa telekommunikatsiya tarmoqlarini
raqamlashtirish 100% yetkazish ko‘zda tutilgan.
1999 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisida
«Telekommunikatsiyalar» to‘g‘risidagi qonuni qabul qilindi.