1.Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini
kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i
– bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga
bog`langan kompyuter va
terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab
chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari
deyiladi.
Tarmoq ob’yektlari
alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab
chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial
joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish
mumkin:
global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy)
tarmoqlar.
Global kompyuter tarmoqlari
turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda
telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa
va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari
bir-biridan ancha
uzokda joylashgan biror
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan,
shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan
abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq
kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror
korxona
yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi
mumkin.
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani
tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng
tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin
ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida»
ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u
katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning
ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi
kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten
muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa
ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin.
Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.