3.Tarmoqlarning texnik vositalari Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter),
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir
qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz.
Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida
kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma'lumotlar
omborlari va boshqalar saqlanadi.Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli
aloqalarni, ma'lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda
joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra
cheklangan bo'lishi mumkin.
Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini
ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi
mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron
qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu
qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan analog
ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog
ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning
vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy
chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida
kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy
xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat.
Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600
boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan
foydalanish mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim
o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. Masalan,