Arteriyalarning asosiy o'zanlardan a’zolarga borish qonuniyatlari
1. Arteriyalar asosiy o'zandan a’zolarga qisqa yo'l bilan boradi. Shuning
uchun har bir arteriyadan yaqin joylashgan a’zolarga tarmoqlar chiqadi.
Aortadan birinchi bo'lib yurakka boruvchi tojsimon arteriyalar chiqadi.
Tarmoqlaming chiqish tartibi a’zolaming joylashishi va hosil bo'Iish tartibiga
bog'liq. Qorin aortasidan awal me’daga, keyin ichakka tarmoq chiqadi. Bunda
a’zoning hosil bo'lgan joyi ham ahamiyatga ega. Moyak arteriyasi moyak
hosil bo'lgan joydan - qorin aortasidan boshlanadi. Yorg'oqqa esa qon tomirlar
son arteriyasidan chiqadi.
2. Arteriyalar tananing bukiluvchi tomonlarida joylashadi, chunki
yoziluvchi tomonida joylashsa bukilganda qon tomir cho'zilib, devori birbiriga
yopishadi. Umumiy uyqu arteriyasi bo'yinning old tomonida, qo'l
arteriyalari esa kaft tomonda joylashadi.
3. Arteriyalar mushaklar, fassiyalar va suyaklardan hosil bo'lgan tomirlami
siqilishdan va jarohatdan saqlovchi egatlar, kanallarda yotadi.
4. Arteriyalar a’zolami bukilgan yoki ichki yuzasidan kiradi. Shuning
uchun barcha ichki a’zolaming darvozalari ichki yuzasida, aorta turgan orta
chiziqqa qaragan.
5. Arteriyalar a’zolaming vazifasiga qarab moslamalar hosil qiladi.
a) harakat a’zolarida qon tomir to'rlari, ravoqlar va doiralar hosil
qiladi. Bulardan qon bo'g'im harakati vaqtida ham beto'xtov otadi. Harakatchan
va hajmi o'zgaruvchi ichki a’zolarda (me’da. ichaklar) juda ko'p anastomozlar
va ravoqlar hosil qiladi;
b) arteriyalarning o'lchamlari a’zoning katta-kichikligiga emas, balki
uning faoliyatiga bog'liq. Buyrak arteriyasining kengligi, ichaklami qon bilan
ta’minlovchi yuqorigi ichaktutqich arteriyasi kengligiga teng, chunki
buyrakning siydik ajratish faoliyati ko'p qon kelishiga sabab bo'ladi;
d) ichki sekretsiya bezlarini ko'p sonli arteriyalar qon bilan ta’minlaydi,
chunki ular qondagi oqsil moddalardan gormon ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |