14 asr ikkinchi yarmida z. M. Bobur davrida ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar



Yüklə 64,91 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü64,91 Kb.
#184780
1   2   3
14 ASR IKKINCHI YARMIDA Z.M.BOBUR DAVRIDA TA’LIM TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Xulqingni rost qilg’il har sorig’aki borsang,
Axsanta der bari el gar yaxshi ot chiqarsang,-

deb yozgan Boburning o’zi umr bo’yi ana shu gapiga rioya qilgan. Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazi-latlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarli-gidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi:




Ey, yel, borib ahbobqa nomimni degil,
Xar kim meni bilsa, bu kalomimni degil.
Mendin demagil, gar unutilgan bo’lsam,
Xar kimki meni so’rsa, salomimni degil.

Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarin-lik kabi xislatlar targ’ib etiladi. Bobur ta’lim-tarbiya haqida g’oyalarini o’zining “Boburnoma”, “Mubayyan”, “Risolai volidiya” kabi asarlarida bayon etgan.


Bobur inson kamolotining birinchi ostonasi oila ekanligi-ni uqtirib, u jarayon nihoyatda qiyin va murakkabligini his etgan edi. Bolalarning axloq-odob qoidalarini o’rganishi ko’p jihatdan atrofdagi shaxslarga bog’liqligini yaxshi bilgan Bobur o’z farzand-larini tarbiyalashda tadbirkor, bilimdon odamlar bilan maslahat-lashib, tajribali fozil va tarbiya ko’rgan kishilar bilan kengashib ish tutgan. U o’zining “E’tiqodiyya” asarida bolalarni yoshlikdan boshlab e’tiqodli, imonli qilib tarbiyalash masalala-riga e’tibor bergan. Ôarzanddagi baxt-saodat keltiruvchi bosh fazilat iymonidir, deb bunday yozgan edi:


Bobur, avvalig’a farz qil ta’rif
Kim, bor insonga avval ul taklif.
Shudir – iymon men aytayin, eshiting,
Xarna der – men, ani ko’ngulga biting...

U farzand tarbiyasida qo’llanishi lozim bo’lgan usullar deb:


1. Ota-onani farmoni farzand uchun vojibligi.

  1. Barcha insonlarga yaqinligini o’rgatish.

  2. Xar bir paytda o’zingizni ibrat aylab ko’rsatish.

4.Mustaqillik, qat’iylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qo’yish va uning ijrosini kuzatish. Uning bu ish uslubini o’g’li Xumoyunga qilgan nasihatidan ko’rsa bo’ladi. U o’g’li Xumoyunga doimo aql-zakovat va bilimga tayanib harakat qilish kerakligini ta’kidlagan: “... Yana ulug’ ish ustiga borasen, ish ko’rgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so’zi bila amal qilgaysen. Agar meni rizomni tilarsen, xilvatnishi-liqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg’il. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorig’a qo’ymay qoshinga chorlab, maslahat bo’lsa kengashib, bu davlat xalqlarining ittifoqi bilan har so’z unga qaror bergaysen”.
Bobur farzandi Xumoyunning kamchiliklarini ko’rgan zahoti ularni tuzatish uchun ogohlantirgan. Unga yozgan maktubida: “Xatingni xud tashvish birla o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur. Nasri muammo hyech kishi ko’rgan emas... Shundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’onga”, - deb ta’kidlagan.
Bobur she’rlarida inson kamoloti uchun ilmning naqadar zarurligi qayta-qayta uqtirilgan:


Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibu ilmu tolibi ilm yo’q,
Men bor men ilm tolib ilm kerak.
Bobur ilm toliblari “hamisha yuksak fazilatlarga ega bo’lishi lozim” deb hisoblagan, ularning kamtar, sofdil, xalqni hurmatlaydigan fazilatlarga ega bo’lishini istagan:


Shori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo’q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq.

Shoburning ta’lim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh masala vatanga cheksiz muhabbatdir. Uning shu mavzudiga she’rlari kitob-xonni ona-Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiq bo’lishga, o’z xalqiga xizmat qilishga chorlaydi, o’quvchining qalbida yuksak insonparvarlik tuyg’ularini uyg’otadi:




Tole yo’q jonimg’a balolig’ bo’ldi,
Xr ishniki qildim xatolig’ bo’ldi.
O’z yerni qo’yub hind sori yuzlandim.
¡rab, netayin, ne yuzi qarolig’ bo’ldi.
Ko’pdin berikim yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahzau bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sari o’z ixtiyorim birla
Lek borurimda ixtiyorim yo’qdur.



Yüklə 64,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin