14 asr ikkinchi yarmida z. M. Bobur davrida ta’lim tarbiya va pedagogik fikrlar


Bobur ta’lim-tarbiyaga doir g’oyalarini o’z boshidan kechirgan



Yüklə 64,91 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü64,91 Kb.
#184780
1   2   3
14 ASR IKKINCHI YARMIDA Z.M.BOBUR DAVRIDA TA’LIM TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Bobur ta’lim-tarbiyaga doir g’oyalarini o’z boshidan kechirgan, ko’rgan va bilgan voqyealardan xulosalaydi. U o’z zamonasidagi badxulq, bemehr uqubatsiz insonlarga qarata shunday yozgan edi:


Qolmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahlidin bu ilik.
Bobur ikki podshohligidin,
Yaxshiroq bu zaminda bir beklik.

Bobur hamma vaqt ijobiy insoniy fazilatlarni yuksak qo’yadi. Lekin shu insonlarga xalaqit beruvchi salbiy sifatlarni u o’zining masnaviy va ruboiylarida tanqid qiladi:




Davlatqa yetib mehnat elin unutma,
Shu besh kun uchun o’zingni asru tutma...
Beqayd menu xarobi sim ermasen...
Xam mol yig’ishtirur laim ermasmen.
Bobur ruboiylarida nafs xohishlariga berilmaslikka unday-di. Chunki nafs insonni yomon yo’llarga olib kiradi. O’z nafsini tiya olishi, aqlga asoslanib rejali ish olib borish zarurligini ta’kidlaydi:
Nafsing kasbidur havoyu havas,
Ruh oldidadir bular yaramas.
Nafs dushman durur, yaqin bilgil,
Do’stim bu so’zni chin bilgil.


Bobur yosh avlodni to’g’rilik, mehribonlik, vafodorlik, ezgu-lik hamda yaxshi kishi yaxshilik ko’radi, yomon kishi yomonlik ko’radi qoidasiga asoslanib shunday yozgan edi:


Xar kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Xar kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlig’ hargiz,
Xar kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidir.

Bobur tabiatdagi mo’jiza va go’zallikning shaydosi edi. Bobur o’z vatanini chuqur bilganligi sababli handasa ilmiga juda katta yangiliklar kiritdi. U yonlab hayvonlarni o’rganib foyda-ziyonni, inson parvarishiga muhtojligini alohida uqtirdi hamda ularni tavsiflab berdi. Quruqlikdagi hayvonlar, suv va suv yoqalarida yashaydigan qushlar, suv hayvonlari, hatto daraxtlar, mevalar va gullarni tabiatshunoslarga xos ilmiy asoslab bergan.


Bobur o’zining buyuk asar “Boburnoma”da Vatanning tabiati va iqlimini chuqur bilganligini namoyish etgan.
BOBURNOMA”
(Parcha)

Valodat va nasabi sakkiz yuz oltmishda Samarqandda edi. Sulton Abusaid mirzoning to’rtinchi o’g’li edi. Sulton Ahmad Mirzo. Sulton Muhammad mirzo Sulton Mahmud mirzodin kichik edi. Sulton Abusaid mirzo Sulton Muhammad mirzoning o’g’li edi.


Mironshoh mirzo Temurbekning uchunchi o’g’li edi. Umar Shayx mirzo bila Jahongir mirzodin kichik Shohruh mirzodin ulug’ edi.
Sulton Abusaid mirzo avval Qobulni Umar Shayx mirzog’a berib, Shobon Qobuliyni bek atka qilib, ruxsat berib edi.
Umar Shayx mirzo (mening padari buzruvorim) past bo’yluq, tegirma soqollik, qo’ba yuzli tanbal kishi edi. To’nni bisyor tor kuyar edi, andog’kim, bog’laturda qornini ichiga tortib bog’latur edi, bog’ bog’lag’ondin so’ng o’zini qo’ya bersa, bisyor bo’lur edikim, bog’lari uzulur edi. Kiymoqat va yemakta betakalluf edi. Dastorni dastorpech chirmar edi. ¡zlar g’ayri devonda aksar mo’g’uliy bo’rk kiyar edi.
Axloq va atvori: hanaviy, mazhablik, pokiza e’tiqodlik kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi, umriy qazolarini tamom qilib edi, aksar tilovat qilur edi. Xazrat Xoja Ubaydullog’a irodati bor edi, suhbatlarig’a bisyor musharraf bo’lib edi. Xazart Xoji ham farzand deb erdilar.
Ravon savodi bor edi. “Xamsatayn” va masnaviy kitoblarni va tirxlarni o’qub edi. Aksar “Shohnoma” o’qur edi. Tab’i namzi bor edi, vale she’rg’a parvo qilmas edi.
Adolati bu martabda edi...
Bisyor sahovati bor edi. Xulqi dag’i sahovaticha bor erdi, xushxulq va harrof va fasiq va shirin zabon kishi erdi, shujo’ va mardona kishi erdi.
Avlodi: uch o’g’il, besh qiz mirzodin qolib edi. Shori o’g’lonla-ridan uluq men – Zahiridddin Muhammad Bobur edim, mening onam Qutluq Nigorxonim edi. Aksar qazoqliklarda va Ôatarotlar-da mening bilan bir edilar. Qobulni olg’ondin besh-olti oy so’ngra tarix to’qquz yuz o’n birida tangri rahmatig’a bordilar.
... Ushbu yilning oxirida seshanba kechasi oyining to’rtida oftob xut burjida edi. Qobulning arkida Xumoyun (913 yilda) mutavallid bo’ldi. Tarixi valodatini Mavlono Sayidiy shoir “Sulton Xumoyunxon” topib edi. Qobul shoirchalaridin birov, “Shohi Ôyeruz qadr” topib edi, uch-to’rt kundin so’ng Xumoyun ismi bila mavsum bo’ldi.
... Odina kuni oyning o’n to’rtida xat va kitoblar tayyor bo’lub (Bayonshayxqa topshurub, ruxsat berildi. Shanba kuni oyning o’n beshida Ogradin uzadi.
Xumoyunga bitilgan xatning savodi: “Xumoyunga mushtoqlik-lar bila sog’inib salom degach, so’z ulkim, dushanba kuni rabiul avval oyining o’n Shekkina bila Bayonshayx keldilar. Xatlardin va arzadoshtlardin ul yuzdagi, bu yuzdagi kayfiyat va holat mushaxxas va ma’lum bo’ldi

Shukr, bermish senga haq farzande,


Sanga farzandu, menga dilbande.

Tengri taolo mundoq sevinchlarni manga va sanga hamisha ro’zi qilg’ay, omin yo rabbal-olamin. Otini Al’amon qo’ymishsen. Tengri muborak qilg’ay. Vale bovujudkim, o’zung bitibsen, mundin g’ofil bo’lubsenkim, kasrati isti’mol bilan avom Al’amo derlar, ye El Amon derlar, o’zga mundoq alif-lom otta kam bo’lur. Tengri otini va zotini farxunda va muborak qilg’ay, manga va sanga ko’p yillar va bisyor qarnlar Al’amonni davlat va saodat bila tuta bergay.


Tengri taolo o’z fazlu karama bila bizning ishimizni yasaydur. Mundoq qopu qarnlarda topilmas. Yana seshanba kuni oyning o’n birida arojif xabar keldikim, Balx eli Qurbonni tilab Balhqa kiyurmishlar.
Yana Komrong’a, Qobuldag’i beklarga farmon bo’ldikim, borib, sanga qo’shiulub, Xisor yo Samarqand yo har sorig’akim salohi davlat bo’lsa, yurugaysiz. Tengrining inoyati bila yog’iylarni bosib, viloyatlarni olib, do’stlarni shod, dushmanlarni nigunsor qilg’ay-siz, inshoolohu taolo. Sizlarning jon tortib, qilich chopmoq mahallaringizdur. Qopuda kelgan ishni taqsir qilmangiz. Garonjonliq bila kohillik podshohliq bila rost kelmas.

Jahongire tavaqquf bar nayobad,


Jahon onro buvad ko’ beh shitobad,

Xama chizi zi ro’i kadxudoy,


Sukun meyobad illo podshohy1.
1 “Jahongirlik to’xtab turmaydi, kim yaxshi tirishsa, jahon o’shaniki bo’ladi, hayotda har bir narsaning to’xtashi mumkin, ammo podshohlik (ishi) to’xtamaydi”.
Agar tengri inoyati bila Balx va Xisor viloyati muyassar va musaxxar bo’lsa, Xisorda sening kishing bo’lsun, Balxta Komron-ning kishisi bo’lsun. Agar tengri inoyati bila Samarqand ham musaxxar bo’lsa, Samarqandta sen o’lturg’il. Xisor viloyatini, insholloh, xolisa qilg’umdur. Agar Komron Balxni ozirg’ansa, arzadosht qiling, inshoolloh aning qusurini o’shal viloyatlardin o’q rost qilg’umizdur.
Yana sen o’zing bilur edingkim, doim bu qoida ma’riy edi: olti hissa sanga bo’lsa, besh hissa Komrong’a bo’lur edi. Xamisha bu qoidani mar’iy tutub, mundin tajovuz qilmang. Yana ining bila yaxshi maosh qilg’aysan. Uluqlar ko’tarimlik kerak, umidim borki, sen ham yaxshi ixtilot qilg’aysan. Aning ham mutasharri’ va yaxshi yigit qo’yubtur, ul ham mulozamat va yakjihatliqta taqsir qilmag’ay.
Yana sendin ozroq ginam bor, bu ikki-uch yildin beri bir kishing kelmadi. Men yiborgan kishi ham rost bir yildin so’ng keldi. Mundoq bo’lurmi?
Yana xatlaringda yolg’uzluq, yolg’uzliqkim, deb sen, podshohlikta aybdur, nechukkim debturlar:

Agar poy bandi rizo pesh gir,


Va gar yaksuvori sari xesh gir1.

Xech qayde podshohlik qaydicha yo’qtur. Podshohlik bila yolg’uzluq rost kelmas. Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o’qumaysen, ne uchunkim, agar o’qur xayol qilsang edi, o’quyolmas eding. O’qiyolmagandin so’ng albatta tag’yir berur eding. Xatingni xud tashvish bilan o’qusa bo’ladur, vale asru mug’laqtur. Nasri muammo hyech kishi ko’rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni “To” bila bitibsen. Qulunjni “yo” bila bitibsen. Xatingni hud har tavr qilib o’qusa bo’ladur, vale bu mug’laq alfozingdin mahsud tamom bo’lmaydur. ¢olibo xat bitirda qohillig’ing ham ushuü jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug’laq bo’ladur. Shundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sanga tashvish ozroq bo’lur va ham o’qug’uchig’a.


1 Agar oyog’ing band bo’lsa, rizoni oldinga qo’y, tanho suvori bo’lsang, o’z boshingcha bor, ya’ni jahonga bog’langan bo’lsang, boshingga kelgan har narsaga rozi bo’l, agar hyech narsaga bog’lanmagan kishi bo’lsang yo’lingdan qolma, keta ber.
Yana uluq ish ustiga borasen, ish ko’rgan, ray va tadbirliq beklar bila kengashib, alarning so’zi bila amal qilg’aysen.
Agar mening rizomni tilarsen, xilvatnishinliqni va el bila kam ixtilotliqni bartaraf qilg’il. Kunda ikki navbat iningni va beklarni ixtiyorlarig’a qo’ymay, qoshingg’a charlab, qar maslaqat bo’lsa kengashib, bu dalatxoqlarning ittifoqi bila har so’z-unga qaror bergaysen.
Yana Xoja Kalon mening bila gustixona ixtilot qila o’rganib edi, sen dog’i, nechukkim Xoja Kalon bila ixtilot qilur edim, o’shundoq ixtilot qilg’aysen. Tengri inoyati bila ul sorilar ish ozroq bo’lsa, Komrong’a ehtiyoj bo’lmasa, Komron Balxta mazbut kishilarni qo’yub, o’zi mening qoshimg’a kelsun...
Musavvidi avroq (varaqlarni qoralovchi) aytadurkim, to’qqiz yuz o’ttuz yettida jumodil avval oyining oltisida chahorbog’idkaim, o’shul podshoh o’z qo’li bilan obod qilib erdi, holi mutag’ayir bo’lur, bu olami bevafoni padruya qildi.
... Va Muhammad Xumoyun Sanbalg’akim, aning joygiri erdi, ruxsat berildi. Olti oygacha anda edi: zohiran, ani yer va suyi hushyoqmadi. Isitma tutar ekandur, bora-bora uzoqqa tortar. Tonoki biz eshittuk, farmon berildikim, Dehlig’a kelturub. Dehlidan kemag’a solib keltursunlarkim, hakimi hoziqlar ko’rub, dardig’a davo qilsunlar. Bir necha kunda daryo yo’li bilan kelturdi-lar va tabiblar har necha doru-darmon berdilar, yaxshi bo’lmadi. Mir Abulqosimkim, ulug’ kishi erdi, arzg’a yetkurdikim, ushmundoq dardlarg’a darmon budirkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak. Toinki tengri taolo sihhat bergay. Mening ko’nglimga keldikim, Muhammad Xumoyun (ning) mendin o’zga yaxshiroq nimar-sasi yo’q. Men o’zum tasadduq bo’layin, xudoy qabul qilsun. Xoja Xalifa, o’zga muqarrablardin arzg’a tegurdilarkim, Muhammad Xumoyun sihat topar, siz bu so’zi nechun tilingizga kelturasiz. ¢araz budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas o’shal olmoskim, Ibrohimni urushida tushub erdi. Muhammad Xumoyung’a inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning ivazig’a nechuk bo’lg’ay, men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkil bo’libtur... Va andin o’tubturkim, men aning betoqatlig’ini toqat kelturg’aymen. O’shal holtag kirib, uch qatla boshidan o’rgulub, dedimkim, men ko’tardim xarne darding bor. O’shal zamon men og’ir bo’ldum, ul yengil bo’ldi. Ul sihat bo’lub qo’pti. Men noxush bo’lub yiqildim. A’yoni davlat va arkoni mamlakatni charlab, bay’at qo’llarini Xumoyunni qo’lig’a berib, joynishinlig’ig’a va valiahdlig’ig’a nasb qildim. Va taxtni topshurdum. Va Xoja Xalifa va Qanbar Alibek va Turdibek va Xindubek va o’zga xaloyiq ham bu nasoyihda bor erdilar, boisi qabul qilib, band bo’ldilar.
RUBOIYLAR

Men necha jafou javringga sabr etay,


Bir zarra vafou mehr yo’q
Senda netay,
Chun boshim ayog’inga qo’yarga yaramas,
Boshimni olib oyoq yetgancha ketay,
* * *
¡d etmas emish kishini g’urbatda kishi.
Shod etmas emish ko’nglini mehnatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
¢urbatda sevinmas eliù albatta kishi.
* * *
Kungli tilagan murodig’a yetsa kishi,
¡, barcha murodlarni tark etsa kishi.
Shu ikki ish muyassar o’lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.
* * *
Ahbobga har xatni savod etgaysen,
Bizni dag’i ul bitikda yod etgaysen,
Maqsudki qosidi agar kelsa bu yon.
Bir noma bila ko’ngilni shod etgaysen.
* * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,
Ko’zdin uchadur uyqu, chu oqshom bo’ladur.
Xar ikkalasa g’amim bila sabrimdek,
Borg’on sayn bu ortadur, ul kam bo’ladur.

“MUBAYYIN” RISOLASI


Zakot faroyizning bayoni

Bil, adosida bo’ldi niyat farz,


Niyat avqotini qilay senga arz,

Biri molini oyirur chog’dur,


Masrifig’a yana berur chog’dur.

Masrifig’a berur mahalda bu mol,


Qilmasang niyat anda budur hol.

Qilmog’on bo’lsa xarj olg’onlar,


Bor ravo, niyat o’lg’och, etsang agar.

Yana ikkinchi farz budur bil,


Masrifig’a bu mol yetkurgil.
Yüklə 64,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin