14.2. Parallel ko‘p razryadli jamlagichlar
Parallel ko‘p razryadli jamlagichlar bir vaqtda ikki ko‘p razryadli sonlarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan va jamlagichning kichik razryadidan katta razryadiga o‘tkazish signalini uzatishning turli usullari bilan tavsiflanadi.
Parallel jamlagichlardan eng soddasi o‘tish signalini ketma ket uzatishli jamlagichlar hisoblanadi (4-rasm). Jamlagichning har bir bir razryadli sxema kirishiga ikkita qo‘shiluvchi va oldingi razryaddan o‘tish signali kelib tushadi. Kichik razryadda hosil bo‘lgan o‘tish signali katta razryadga o‘tish zanjirlari bo‘ylab ketma ket tarqaladi. O‘tishning tarqalish vaqti shu zanjirlarning to‘xtab qolingan vaqtining yig‘indisi bilan aniqlanadi.
4-rasm. Ketma ket o‘tishli n-razryadli parallel jamlagich
Ikkita n-razryadli sonni qo‘shishda jamlagichning tezkorligi qo‘shish vaqti bilan tavsiflanadi, qaysiki eng yomon holatda tS=(n-1)tP+tiS ga teng, bunda tis, tP – bir razryadli jamlagichning qo‘shish va shunga mos ravishda o‘tishni shakllantirishga ushlanib qolingan vaqt. Tezkorlikni oshirish maqsadida (qo‘shishga ketadigan vaqtni qisqatirishga) bir vaqtda bo‘ladigan yoki qurama o‘tishli jamlagichlar qo‘llaniladi. Qurama o‘tishli jamlagichlarda to‘liq bir razryadli jamlagichlar guruhlarga birlashtiriladi. Guruh ichida qoidaga asosan bir vaqtda o‘tish amalga oshiriladi. Guruhlar aro o‘tish ketma ket bo‘lgani kabi, bir vaqtli bo‘lishi ham mumkin. 4-rasmda K155IM3 tipli to‘liq to‘rt razryadli jamlagich IMS belgilanishi keltirilgan.
3. ISH JOYI TA’RIFI
Ish kompyuterda Proteus 7.0. dasturida bajariladi. X argumentining mantiqiy «0» va «1» signali dastaki rejimda beriladi. Tadqiqot qilinayotgan funksiyani amalga oshiruvchi, kirishlar soni berilgan elementlarning grafik ko‘rinishi komponentlar kutubxonasi oynasidan olinadi (Modeling Primitives podkategoriyasi). Sxemalarni tuzishda elementlarni bog‘lash qo‘lda “sichqoncha” yordamida amalga oshiriladi. Signallarning qiymatlari tadqiqot qilinayotgan sxema chiqishlariga ulasa bo‘ladigan mantiqiy tekshirgich yoki ossillograf orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |