14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə11/20
tarix24.10.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#160839
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si


6. Bilimlar bazasi bilan ishlash




Bilimlar bazasi(BB) – bu IT/ET xotirasida formallashtirilgan, tizimlashtirilgan va tashkillashtirilgan bo’lib, ba’zi bir predmet sohasi to`g`risidagi bilimlar majmuasi. BB – mazkur predmet sohasi bilimlarining matematik modeli bo`ladi. BBni yaratitilishi quyidagi o`zaro bog`langan muammolarni yechishini talab qiladi: bilimlarni formallashtirish, ifodalash va ulardan foydalanish, hamda BB boshqarish tizimi (BBBT) ni yaratish. Bilimlarni formallashtirish va ifodalash tegishli bilim modelini tanlash bilan bog`liq. Formallashtirilgan bilimlarni BBda bilimlarni ifodalash tillar (BIT) yordamida amalga oshiriladi. BBda kerakli bilimlarni qidirish, ularni o`zgartirish (modifikatsiyalash) va izohlash, mavjud bilimlar asosida yangi bilimlarni chiqarish va b. protseduralar bajariladi. BBda bilimlar va ma’lumotlar saqlanadi. BBni qurish jarayoni uch boqichdan iborat: predmet sohasini tasvirlash, bilim modelini tanlash va bilmlarni olish (bilimlarni BBga yozish).
Mavjud BBni tashkillashtirish ikki – deklarativ va protsedurali usullarga asoslangan. Deklarativ usullar ko`rib chiqilgan bilim modellarini BIT yordamida BBga yozishiga asoslangan. Protsedurali usullar esa mazkur bilim modeli elementlari bilan bajaraladigan maxsus protseduralarni bog`laydi. Katta BBni yaratishda protsedurali usullar samarali hisoblanmaydi. Shuning uchun hozirgi paytda, asosan, deklarativ usullar, protsedurali usullari elementlari bilan qo`llanilayapti. Protsedurali usullari uchun obyektga – yo`naltirilgan texnologiyalardan foydalanishi keng imkoniyatlar yaratadi. BBda kontseptual va faktual qismlar ajratiladi. Kontseptual qismi – bu predmet sohaning modeli, faktual qismi – predmet sohadagi aniq obyektlar xususiyatlari [1-7,11-15].
Sifatli bilimlar – bu tabiiy tildagi turli tushunchalarning baholanishlari (masalan, o`lchovi, og`irligi, tezligi, vaqti va b.). Ular ekspertlar bilan tabiiy tilda ishlagan paytda paydo bo`ladigan lingvistik noaniqliklar (masalan, “katta”, “kichik”, “og`ir”, “sekin”, “tez” va x.k) bilan bog`liq. Bilimlarni ifodlash tizimlarida lingvistik noaniqlik noravshan to`plamlar nazariyasiga asoslangan lingvistik modellar(LM) yordamida beriladi. Lingvistik o`zgaruvchi (LO`) - LMning asosiy tushanchalaridan biri bo`ladi. Uning qiymatlari sifatida sonlar emas, tabiiy yoki sun’iy tilning so`z va gaplari qo`llaniladi. Masalan, “yosh” sonli o`zgarvchan “yosh kishi”, “o`rta yoshli”, “qari” va x.k. qiymatlarini olishi mumkin. Bunday term nomidagi sifatli baxolashlar “yosh” LO`ning lingvistik qiymatlari bo`ladi. Ularning majmuasi LO`ning mumkin bo`lgan qiymatlar to`plamini belgilaydi.
BB qandaydir mantiqiy xulosaga olib keladigan yo`lni aniqlash uchun qo`llanilishi kerak. Mantiqiy xulosalar ro`yxati – bu mumkin bo`lgan tartibli mantiqiy xulosalar ro`yxatidan iborat ma’lumotlar tuzilmasi. Qoidalar ro`yxati tartibi, ushbu qoidalar bilan bog`liq mantiqiy xulosalar va xulosalarni shakllantiradigan shartlardan iborat [1-4].

14.1-jadval. O`zgaruvchan nomlar jadvali.



O`zgaruvchilar nomi

Shart

Tugun

DEGREE

Ishtirokchi (kelgan odam) ilmiy unvonga egami?

1

DESCOVERY

Ishtirokchi muhim o`zgarishlar qildimi?

4

EXPERIENCE

Bu yo`nalishda qanday ish tajribasiga ega?

7

GRADE

O`quv davrida ishtirokchining o`rtacha bali

5

POSITION

Ishtirokchiga qanday lavozim taklif qilindi?

2,6,8,9,10

QUALIFIY

Balki ishtirokchi ishga qabul qilinar

3

BBning har bir qoidasiga ro`yxatda bir yozuv mos keladi. Mantiqiy xulosalar ro`yxati xulosalarni faqat qoida tartibi bo`yicha qidirish uchun qo`llaniladi.


Ma’lumotlar tuzilmasi o`zgaruvchan shartlar ro`yxati deb nomlanadi. To`rtinchi ma’lumotlar tuzilmasi - mantiqiy xulosalar stekini keyinroq muhokama qilamiz. Bu huddi ETidek fikrlashning teskari zanjirini amalga oshiruvchi asosiy tuzilma hisoblanadi. Mantiqiy xulosalar stekida mantiqiy xulosalardan muhim foydalanuvchilar haqida va tekshirish zarur bo`lgan o`zgaruvchan shartlar haqida ma’lumotlar saqlanadi.
14.2-jadval. IF TO qoidasi.

Qoida

Yo`l

10 IF DEGREE– YO`Q, TO POSITION– YO`Q
20 IF DEGREE-HA, TO QUALIFY– HA
30 IF DEGREE-HA VA DISCOVERY- HA, TO POSITION - ILMIY XODIM
40 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE -2, TO
POSITION - EKSPLUATATSIYA BO`YIChA MUHANDIS
50 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE - 2, TO
POSITION - YO`Q
60 IF QUALIFY - HA VA AVERAGE 16.2 VA EXPERIENCE - 2, TO
POSITION - MUHANDIS KONSTRUKTOR

1,2
1,3
1,4,6
3,5,7,10

3,5,7,9



3,5,8


Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin