Abonentlar qurilmalaridan bazaviy stansiyaga trafikni uzatish (kiruvchi yo‘nalish deyiladigan uplink) ko‘p stansiyali ulanishning ikkita DAMA (so‘rov bo‘yicha ulanish) va TDMA (kanallar vaqt bo‘yicha ajratiladigan ulanish) usullari kombinasiyasiga asoslanadi. Fizik daraja paketlari tuzilmasi MAC-daraja paketining o‘zgaruvchan uzunligini qo‘llaydi. Uzatkich randomizasiyalash, halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi ikkita modulyasiyalash usullari opsiyalar sifatida ko‘zda tutilgan) algoritmlari bo‘yicha modulyasiyalashni amalga oshiradi.