14-ma’ruza Mavzu: wimax (ieee 802. 16) standarti. Reja: So‘ngi milya simsiz texnologiyaning evolyusiyasi


Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga



Yüklə 20,09 Kb.
səhifə4/4
tarix11.04.2022
ölçüsü20,09 Kb.
#55131
1   2   3   4
14-ma’ruza

Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga trafikni uzatish (chiquvchi yo‘nalish deyiladigan downlink) bitta sektorning barcha abonentlar qurilmalari uchun yagona oqimdagi vaqt bo‘yicha dupleks (TDD) rejimida olib boriladi. Uzatkich randomizasiyalash, halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi variant bazaviy stansiyalar uchun opsiya sifatida ko‘zda tutilgan) algoritmlariga muvofiq modulyasiyalashni amalga oshiradi.

Modulyasiyalash

10 - 66 GGs chastotalar diapazonidagi radioto‘lqinlarni tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rinish sharoitlari bilan tizimlarning ishlash imkoniyatlarini cheklaydi. Namunaviy shahar muhitida bu bazaviy stansiyadan ishchi masofada bo‘lgan abonentlarning deyarli yarimini bog‘lashga imkon beradi. Qolgan 50 foiz abonetlar uchun to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab chiqdi, u 2 - 11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali uzatishdan (Single Carrier, SC) tashqari, ortogonal chastotaviy multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM) va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi.

OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga (taxminan shuncha martta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan qaytgan signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash mumkin.

Xavfsizlik

IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar kompleksi X.509 raqmli sertifikat bilan imzolangan, u ishlab chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10 yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar kompleksini autentifikasiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami va 3-DES algoritmning o‘zi hato qo‘lga kiritishda rasshifrovkalashning murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan muhitda sinxronlashtirishni, bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning ishonchliligini ta’minlaydi.
Nazorat savollari
1. WLAN tarmog‘i nimalardan iboratligi tushuntiring.

2. IEEE 802.11 standartiga umumiy xarakteristikani bering.

3. Infraqizil dipazonda (IR) qanday uzatish usullari ishlatiladi?

4. IEEE 802.11b standartining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

5. IEEE 802.11a standartining chastotalar diapzonini keltiring.

6. IEEE 802.16 standartining arxitekturasini tushuntiring.



7. IEEE 802.16 standartining rivojlanishi qanday bo‘lib o‘tgan va uning qisqa xarakteristikasini bering.
Yüklə 20,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin