14-mavzu. Moliyaviy hisobotдан foydalanuvchilar. Reja: 1. Moliyaviy hisobot shakillarining mohiyati 2. Buxgalteriya balansi
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq barcha tashkilotlar boshqaruv uchun ishlatiladigan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni olish uchun sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini umumlashtirish asosida buxgalteriya hisobotini tuzishlari shart.
Korxonalarning buxgalteriya hisoboti buxgalteriya jarayonining yakuniy bosqichidir. Moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar tizimi korxonalarning mol-mulki va moliyaviy holatini hisobot davrida uning faoliyatining moliyaviy natijalarini tavsiflaydi. Hisobot mavjud zaxiralarni aniqlash, keyingi davrlarda ushbu zaxiralardan foydalanib, amalga oshiriladigan rejalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, resurslardan foydalanishni baholash, moliyaviy holatini tahlil qilish uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning korxonalari va tarkibiy bo‘linmalarining mulkiy va moliyaviy holati nafaqat soliq organlari va kredit muassasalarini, balki moddiy resurslar, texnik vositalar, shuningdek, investorlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning o‘rganish obyektiga aylanadi.
Temir yo‘l transportida buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv hisoboti farqlanadi. Moliyaviy hisobotlarning shakllari O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobotlari tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi. Ko‘rsatkichlar to‘plami va umumiy foydalanishdagi tashqi moliyaviy hisobotlarni tuzish davlat tomonidan tartibga solinadi va ichki hisobotlar mustaqil ravishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiy bo‘linmalari tomonidan belgilanadi. Moliyaviy hisobotlar tashqi foydalanuvchilariga taqdim etiladi, ular soliq inspeksiyalari, tuman va shahar statistika organlari, yuqari tashkilot kabilar.
Ichki hisobotlar moddiy hisobot, bank hisoboti, kassa hisoboti kabi hisobotlar bo‘lib, moliyaviy hisobotlarni tuzishda asos bo‘ladi. Asosiy vostalarning aylanma qaydnomasi, amortizatsiya hisoblash qaydnomasi, ish haqi hisoblashning yig‘ma qaydnomasi, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar ham moliyaviy hisobotni tuzish usun axborot manbayi hisoblanadi. Moliyaviy hisobot korxonaning buxgalteriya bo‘limlariga tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Buxgalteriya hisobotlari tuzadigan vaqt oralig‘iga qarab, davriy (oraliq) va yillik hisobotlariga bo‘linadi. Davriy hisobot hisobot yil boshidan buyon o‘sib borayotgan bir oy, chorak, yarim yil va to‘qqiz oy davomida amalga oshiriladi. Yillik buxgalteriya hisoboti butun asosiy hisobot davrini qamrab oladi va davriy ko‘rsatkichlarga nisbatan kengroq ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Davriy hisobotlarni tahlil qilish iqtisodiy va moliyaviy faoliyatdagi kamchiliklarni aniqlash va tezda bartaraf etish, shuningdek kelajakda ularning paydo bo‘lishining oldini olish imkonini beradi.
Axborot manbalariga qamrab olishiga ko‘ra hisobotlar birlamchi, jamlama va konsolidatsiyalashgan hisobotlarga bo‘linadi. Boshlang‘ich hisobot – joriy buxgalteriya hisobi bo‘yicha korxonalar, yig‘ma-yuqori boshqaruv korxonalari tomonidan ularga bo‘ysunadigan tashkilotlarning hisobotlarini umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Temir yo‘l transportida ko‘p sonli boshqaruv tizimi mavjud bo‘lib, yuk tashishni tashkil qiluvchi Mintaqaviy temir yo‘l uzellari, ularga qarashli bo‘lgan tarmoq korxonalari, yo‘lovchi tashish bilash shug‘ullanuvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va uning filiallari, bir necha sanoat, qurilish, ishlar xo‘jaligi kabi temir yo‘l korxonalari faoliyat yuritadi.
Moliyaviy hisobot, birinchi navbatda, tashkilotda boshqaruv qarorlarini asoslovchi va qabul qiluvchi shaxslar, ikkinchidan, “Rossiya temir yo‘llari” AJ yoki uning filiallarining faoliyatiga iqtisodiy qiziqish ko‘rsatadigan tashqi iste’molchilar tomonidan foydalaniladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun haqiqiy ma’lumotlarning manbai tegishli registrlardagi sintetik va analitik hisobot ma’lumotlari bo‘lib, ular hisobot shakllari deb ataladigan jadvallarga o‘tkaziladi. Har bir hisobot shakli muayyan hisobot ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi, raqam va nomga ega.
Ba’zi ko‘rsatkichlar bo‘yicha jadvallar, haqiqiy ma’lumotlar bilan bir qatorda, avvalgi hisobot davri uchun ma’lumotlar taqdim etiladi, bu esa ko‘rsatkichlar dinamikasini ko‘rish va ularni o‘zgartirish tendentsiyalarini aniqlash imkonini beradi.