14-mavzu narx va uning shakllanishi


Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə3/99
tarix16.12.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#183009
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

2. Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati
Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi.
Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiya­larda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xara­jatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.
Chakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’­molchilarga sotiladigan narxlar. Chakana narx o‘z tarkibiga tovarning ul­gurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.
Xarid narxlari. Bu narx­lar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga bel­gila­nadi. Ayrim hollar­da bunday narxlarga muayyan ustama va im­tiyozlar bo‘lishi ko‘zda tuti­ladi.
Dotatsion narxlar. Dav­lat budjeti hisobidan arzonlash­tirilgan narxlardir.
Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqa­rishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narxlar. Allohining yuqori daromad oluvchi qat­lami xaridqiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgi­lanadi.
Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k.) narxi sifatida chiqadi.
Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxiningquyi­dagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgi­la­nib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davo­mida doimiy bo‘lib qoladi.
Erkin narxlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.
Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgila­n­gandahamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.




  1. Yüklə 360,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin