8. marketing tizimida narx siyosati narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari



Yüklə 28,52 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü28,52 Kb.
#191533
  1   2   3   4
8. marketing tizimida narx siyosati narx tushunchasi, uning mohi-fayllar.org


8. marketing tizimida narx siyosati narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari




8. MARKETING TIZIMIDA NARX SIYOSATI 

1.Narx tushunchasi, uning mohiyati va narx turlari 

Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan


munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi
ifodasi, qiymatining bozordagi ko‘rinishidir. Narx bamisoli barometr kabi bozor
holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan bo‘ladi,
tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan
yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning
funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar,
xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1. bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;
2. hisob-kitob, ulchov funksiyasi;
3. iqtisodiy regulyator funksiyasi;
4. raqobat vositasi funksiyasi;
5. ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx,
nufuzli narx, milliy narx, arzonlashtirilgan narx, jahon narxi, yashirin narx, erkin narx,
standart narx, kontrakt (ulgurji) narx, chakana narx, o‘zgaruvchan narx, limit narx,
muvozanat narx.
Narx siyosati – narxni tashkil etish va narxni boshqarish strategiyasi va chora –
tadbirlari yig‘indisi; bu ishlab chiqarish holatlarini, bozor kon’yunkturasini,
shuningdek ishlab chiqaruvchiga foyda keltirib, xaridor ehtiyojini qondirishdagi tovar
va xizmatlarga narxni belgilashni bilishdir.
Narx strategiyasi – narxni belgilash va o‘zgarishi bo‘yicha chora – tadbirlaridir.
Narx taktikasi - qisqa muddatli xarakterga(narxga chegirma, narxga ustama) va
bir marotabalik chora – tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Narx siyosatini boshqarish maqsadlari quyidagilardir:
-bozorda korxona mavqeini saqlab qolish;
- joriy foydani maksimallashtirish;



- bozor ulushi bo‘yicha liderlik;


- tovar sifati bo‘yicha liderlik.
Narxlar tovarni yangilik ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1. “Qaymog‘ini olish” strategiyasi
2. Bozorga yorib kirish
3. “Psixologik”
narx
– sotuvchilar tomonidan narxni qabul qilish
psixologiyasidan kelib chiqadi(narx yaxlit summadan kichikroq)
4. Bozorda yoki tarmoqda lider orqasidan boruvchi narx – bosh raqibga nisbatan
narx o‘rnatiladi.
5. Ishlab chiqarish holatlarini qoplash xarajatlari
6. Tebranib turuvchi narx
7. Uzoq muddatli narx
8. Egiluvchan narx
9. Ustunlik narx – bozorda 70 – 80 % ulushni egallagan korxona qo‘yadigan narx.
10. Kelishilgan narx
11. Tashqi savdo oborotini ta’minlovchi narx.
Oxirgi narxga quyidagi omillar ta’sir etadi:
1. Tovar iste’molchilari
2. Davlat tomonidan tartibga solish
3. Tovar harakati kanallari qatnashchilari
4. Raqobat.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir.
Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi
iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Narx darajasiga tovarning
raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p
foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir
qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning
potensial miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab



chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning,


almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.



Yüklə 28,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin