3
4
O
‘qituvchining F.I.Sh.:
Sulaymonova Barno Abdullayevna
Asosiy ish joyi:
O
‘zbekiston badiiy akademiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan
san’at maktab-internati tarbiyachisi
Prerekvizitlar (Talablar):
Ushbu fanni o
‘zlashtirish uchun quyidagi fanlarni o‘rganishda olingan bilim,
ko‘nikma va malakalar talab etiladi.
“MOTHER TONGUE AND TEACHING METHODOLOGY” fanini chuqur
o‘rganish uchun falsafa, tarix, etnografiya, adabiyot, tilshunoslik fanlaridan xabardor
bo‘lish talab etiladi. Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Tilning lug‘at boyligida yuz beradigan o‘zgarishlar jamiyat, xalq tarixida yuz bergan
o‘zgarishlar asosida amalga oshadi.
Postrekvizitlar:
Fanni o‘rganish jarayonida olingan bilim, ko‘nikma va malakalar quyidagi
fanlarni o‘zlashtirish uchun zarurdir:
Bu fanni o‘rganish jarayonida olingan bilim, ko‘nikma va malakalar
tilshunoslikka kirish, umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslikka kirish, folklor
– xalq
og’zaki ijodi, adabiyot nazariyasi, filologiya, fiziologiya, bolalar nutqini rivojlantirish
fanlarini o‘zlashtirish uchun zarurdir:
Fanning qisqacha bayoni:
Mustaqil rеspublikamizda yuz bеrayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-tеxnikaviy va
madaniy o‘zgarishlar xalq ta'limi tizimida ham o‘z aksini topmoqda. O‘zbеkistonda
uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, shu asosda ta'lim sifatini jahon
andozalari darajasiga
yеtkazish ta'lim sistеmasining eng dolzarb vazifasiga aylandi. Bu
esa, barcha mutaxassisliklar qatori boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini
oshirishni ham taqozo etadi.
Mazkur dastur boshlang’ich ta'lim bakalavr yo‘nalishi uchun qabul qilingan davlat
ta’lim standarti asosida tuzildi. Ushbu fan o’z amaliy ahamiyati bilan bog’cha
tarbiyachilari faoliyatida juda kata ahamiyatga ega.
Ona tili va uni o‘qitish metodikasi fani talablarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar, boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
5
Dostları ilə paylaş: |