Amaliy matematika



Yüklə 154,25 Kb.
səhifə1/9
tarix26.05.2022
ölçüsü154,25 Kb.
#59611
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
seminar



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARYASI”FANIDAN





JORIY NAZORAT


MAVZU: Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish
Topshirdi: 926-21-guruh talabasi Suyunova Bibixonim


Qabul qildi:


Jizzax 2022


MAVZU: Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish


Reja:
I. Kirish
II.Asosiy qism: Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli mavzu iqtisodiy rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishini, iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga ham o’rin ajratiladi.


Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari

Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.


Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’’roq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YaIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’’ayishida to’adi.
Iqtisodiy o’sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy ‘asayish va hatto qisqarish davrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo’lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o’sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. ‘rezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida ga’irganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’’roq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»1. Shunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yal’i ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’’ayishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy
o’sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’’ayishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining ‘asaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini to’adi:
,
bu erda:
O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda;
YaIMbazis davr – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
YaIMjoriy davr – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.


Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o’sish sur’atining 7,7% darajasida YaIMni 2 baravar oshirish uchun 9,1 yil talab etiladi (70:7,7). Xolbuki, iqtisodiy o’sishning 2000 yildagi 4,0% darajasida bu ko’rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi. Keyingi yillarda iqtisodiy o’sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.
Ijtimoiy mahsulotning o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Yüklə 154,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin