keyingi qo’shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).
Bu ko’rsatkichlar yal’i mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi: . Iqtisodiy o’sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi taklif va taqsimlash omillari o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o’sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o’sish uchun imkoniyat yaratadi. To’liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o’sishni ro’yobga chiqaradi.
Iqtisodiy o’sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o’z o’rniga ega bo’lsa-da, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Mehnat unumdorligining o’sishiga olib keluvchi omillarni to’laroq qarab chiqamiz.
Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o’z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan–texnika taraqqiyoti deyilganda ‘irovard mahsulot ishlab chiqarishni ko’’aytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg’unlashtirishni taqozo qiluvchi yangi usullarning to’ilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va ka’ital qo’yilmalar (investistiyalar) mustahkam o’zaro bog’liq, texnika taraqqiyoti ko’’incha yangi mashina va uskunalarga investistiyalar qo’yilishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo’yicha texnologiyani qo’llash uchun atom elektrostanstiyalarini qurish zarur bo’ladi. Bir qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro’y berish tavsifiga ega bo’ladi. Gaz va yoqilg’i dvigatellari, konveyer va yig’ma liniyalar bizning hayotga o’tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
Меҳнат сарфлари
1. Банд бўлганлар сони
2. Ишлаган киши-соатларининг ўртача миқдори