Amaliy matematika


Iqtisodiy o’sish modellari



Yüklə 154,25 Kb.
səhifə6/9
tarix26.05.2022
ölçüsü154,25 Kb.
#59611
1   2   3   4   5   6   7   8   9
seminar

3. Iqtisodiy o’sish modellari

Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari ‘irovardida turli iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.


Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar:

  1. mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;

  2. ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo’shadi. Shunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;

  3. mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud;

  4. ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.

Biz oldingi boblarda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo’nalishdagi nazariyotchilar bu erda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l qo’yadilar:

  1. ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan mahsulotga o’tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o’sgan (ko’’aygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;

  2. ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o’ynashini, qolganlari esa ‘assiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, ka’ital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o’zicha harakatga kela olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi, ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi kelmaydi.

Neoklassik model ko’’ omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi ‘.Duglas va matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funkstiyasi asos qilib olingan. Kobb-Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o’sishida ishlab chiqarish turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
,
bu erda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – ka’ital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A, ,  - ishlab chiqarish funkstiyasining koeffistientlari:
A – mutanosiblik koeffistienti;
 va  - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va ka’ital sarflari bo’yicha elastiklik koeffistienti.
Elastiklik koeffistienti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi natijasida boshqa bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko’ra,  koeffistienti ka’ital sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini,  koeffistienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi.  va ning yig’indisi ishchi kuchi va ka’ital sarflarining bir vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi.
Ch.Kobb va ‘.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funkstiyasining ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
.
Bu ko’rsatkichlar shuni anglatadiki, o’sha davrda AQSh qayta ishlash sanoatida ka’ital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funkstiyasini golland iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funkstiyasi formulasi quyidagi ko’rinishni oldi:
,
bu erda: ert – vaqt omili.
Ishlab chiqarish funkstiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari – ishchi kuchi malakasining o’sishi, innovastiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim E.Domarning iqtisodiy o’sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o’laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni bu modellarda milliy daromadning o’sishi faqat ka’ital jamg’arishning funkstiyasi hisoblanib, ka’ital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning ka’ital sig’imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga bog’liq bo’lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investistiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va uning sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o’sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O’z navbatida daromadning o’sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investistiya hajmining ko’’ayishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning o’sishi orqali to’liq ishga tushirilishi lozim.
Shunga ko’ra, E.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi:


Yüklə 154,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin