Amaliy matematika


Iqtisodiy o’sishning omillari



Yüklə 154,25 Kb.
səhifə3/9
tarix26.05.2022
ölçüsü154,25 Kb.
#59611
1   2   3   4   5   6   7   8   9
seminar

2. Iqtisodiy o’sishning omillari

Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:


1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy ka’ital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yal’i mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yal’i milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, ka’ital va tabiiy resurslar sarflarining funkstiyasi hisoblanadi, ya’ni:
,
bu erda:
Y – yal’i milliy (ichki) mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – ka’ital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funkstional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:

  1. mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;

  2. mehnat sig’imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  3. ka’ital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan ka’ital xarajatlariga nisbati;

  4. ka’ital sig’imi (K/Y) – ka’ital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

  5. tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;

  6. mahsulotning resurslar sig’imi (N/Y) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;

7) ishchi kuchining ka’ital bilan qurollanganlik darajasi (K/L) – ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan ka’ital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan tashqari yana keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, boshqa omillar sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta’sirida mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:


  1. Yüklə 154,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin