14-mavzu: O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi va uning tarixiy ahamiyaTI. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishI


Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning



Yüklə 65,22 Kb.
səhifə2/8
tarix15.04.2023
ölçüsü65,22 Kb.
#98688
1   2   3   4   5   6   7   8
14-mavzu

Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo’llarini ko’rsatib berar ekan, I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog’liqligini uqtiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitusiyaning V-bo’lim XVIII bobida va 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko’ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o’zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o’zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25 dekabrga saylovlar belgilandi.
1993 yilni 28 dekabrida qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida"gi qonunga ko’ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi I-chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo’lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis - Yangi Parlament demokratik va ko’ppartiyaviylik asosida tuzildi.
Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi II-chaqiriq Oliy Majlisining VII-sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to’g’risida umumxalq referendumi o’tkazishga qaror qilindi. Shu asosda 2002 yil 27 yanvarda o’tgan umumxalq referendumida qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentni ikki palatadan tuzilishini qo’llab-quvvatladi.
1995 yil 23-24 fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O’zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan "Adolat" sosial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo’mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarish, qonunchilikni sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi.

Yüklə 65,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin