Science and e ducation



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə1/3
tarix24.06.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#134904
  1   2   3
iqtisodiy-islohotlar-sharoitida-o-zbekiston-respublikasida-sug-urta-bozorini-rivojlantirish-yo-llari



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

March 2022 / Volume 3 Issue 3


Iqtisodiy islohotlar sharoitida O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorini rivojlantirish yo‘llari


Mashhura Azadovna Sharapova


TMI


Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda sug’urta bozorining holati va unda mavjud muammolar, shuningdek ushbu bozorni rivojlantirishda sug’urta munosabatlarini erkinlashtirishning zarurligi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: sug’urta faoliyati, sug’urta bozori, ustav kapitali, minimal talab, sug’urta nazorati, sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi.


Ways of development of the insurance market of the Republic of Uzbekistan in the conditions of economic reforms


Mashkhura Azadovna Sharapova


TFI


Abstract: The article examines the state of the insurance market and the existing problems in our country, as well as the need to liberalize insurance relations in the development of this market.
Keywords: insurance activity, insurance market, authorized capital, minimum requirements, insurance control, insurance market development agency.

Bugungi kunda jahon bozori kon’yukturasidagi keskin o‘zgarishlar, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqdaki, buni e’tiborga olgan holda mamlkatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishda bir necha vazifalar belgilanib olindi. Shulardan biri sug‘urta va lizing hamda boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishdir[1].


Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir

tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi. Sug‘urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug‘urta xizmatining ma’lum bir turiga yetarli darajada talab mavjud bo‘lganda, sug‘urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o‘tishi bilan bozorda sug‘urta xizmati ko‘rsatishturlarining ko‘payishi bilan, o‘z-o‘zidan tarif stavkalari kamayadi. [8].

Sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko‘ra 5 ta turi faoliyat yuritadi (1- rasm).

  1. rasm. Sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy shakliga ko‘ra tavsifi[2]

Sug‘urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug‘urta bozorlariga bo‘linadi. Milliy sug‘urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularni faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Amerika Qo‘shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa
umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992-yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413- sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi PQ-1544 sonli Qaroriga asosan sug’urta kompaniyalari ustav kapitaliga qo’yiladigan talab miqdori belgilandi.

    1. jadval O’zbekistonda sug’urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga qo’yilgan

talablar[3]

Sug’urta faoliyati turlari

01.01.2008
yildan, ming AQSh dollari

01.01.2010
yildan, ming evro
ekvivalentida

01.07.2012 yildan, ming evro ekvivalentida

01.07.2014
yildan, ming evro ekvivalentida

01.07.2018
yildan,
milliardso‘m

Umumiysug’urta

500

750

1125

1500

7,5

Hayotsug’urtasi

750

1000

1500

2000

10

Majburiysug’urta

1000

1500

2250

3000

15

Qaytasug’urta

3000

3000

4000

5000

30

Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish, sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
Milliy sug’urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta`minlash, sug’urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan yangi turlarini joriy etish, iste`molchilarning sug’urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta`minlash chora-tadbirlari to‘g’risida” PQ-4412-son qarori bilan mamlakatimizda sug’urta kompaniyalari ustav fondining minimal miqdoriga qo’yilgan talablar o‘zgardi.
2019-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi N.Yo‘ldoshev (o‘sha davrda) sug‘urta bozoridagi kamchiliklar haqida to‘xtalib, o‘z fikrlarin bildirdi[5]:
“Qonunchilikdagi bo‘shliqlar, ayrim vazirlik va idoralar mas’ullarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi oqibatida milliardlab mablag‘lar mamlakat iqtisodiyoti
rivojiga jalb etilmasdan, chetga chiqib ketmoqda.Xususan, bundan 15 yil avval qabul qilingan va takomillashtirilmagan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi qonun sug‘urta bozoridagi zamonaviy talablarga javob bermay qolgan.

    1. jadval

Sug’urtalovchilar (qaytasug’urtalovchilar) uchunustavkapitalining minimalmiqdorlari [4]mlrdso ‘mda

T/r

Sug’urta faoliyatining turlari

2020 yil 1 iyuldan

2022 yil 1 iyuldan

1.

Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish
tarmog’ida ixtiyoriy sug’urta

15

20

2.

Umumiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish
tarmog’ida majburiy sug’urta

25

35

3.

Faqat qaytasug’urta

35

45

10 200 nafar professional ishtirokchi faoliyat ko‘rsatadigan sug‘urta bozorini Moliya vazirligi huzuridagi bor yo‘g‘i 6 nafar xodim ishlaydigan sug‘urta nazorati inspeksiyasi “nazorat qilmoqda”.Mazkur tashkilot o‘z zimmasidagi vakolat hamda vazifalarini to‘laqonli amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. U aksariyat hollarda tegishli hisobotlarni umumlashtirish bilangina shug‘ullanmoqda. Oqibatda mamlakat sug‘urta bozori nazoratdan deyarli chetda qolib ketmoqda. Bu esa, faqat o‘z manfaatlari yo‘lida ishlaydigan ayrim sug‘urta tashkilotlari va ularning rahbarlariga qo‘l kelmoqda”.
Ma’lumki, jahon amaliyotida yirik tavakkallarni sug‘urtalashda mamlakatdagi bir necha sug‘urta tashkilotlarini guruhlarga, jamiyatlarga yoki uyushmalarga jamlash orqali, qayta sug‘urtalash tashkilotlarini tuzish tajribasi XIX asrdayoq yo‘lga qo‘yilgan. Mamlakatimizda esa, shu kunga qadar bu muhim mexanizmdan foydalanilmayapti.
Qonunosti hujjatlaridagi turli to‘siq va cheklovlar esa, mazkur mablag‘lardan samarali foydalanish, jumladan, ularni sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitaliga jalb etish imkonini bermaydi. Bir so‘z bilan aytganda, qonun hujjatlaridagi eskirgan normalar, tafovutlar, chalkashliklar va boshqa kamchiliklar bu kompaniyalar uchun istiqbol eshiklarini yopib qo‘ygan.
Sug‘urta sohasidagi og‘riqli nuqtalardan yana biri kadrlar salohiyati bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda soha xodimlarining bor yo‘g‘i 32 foizi oliy va 30 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Boz ustiga, ularning aksariyati sug‘urtaga aloqasi bo‘lmagan kasb egalaridir. Bu kabi ko‘plab muammolar sug‘urta bozorining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta`minlashga, aholi hayotining sifati va darajasini oshirishga yo‘naltirilgan moliyaviy xizmatlarni faol rivojlantirish respublikada sug’urta bozorining rolini kuchaytirishni va sug’urta vositalarini keng qo‘llashni taqozo etmoqdaki, ushbu xususida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig’ilishida quyidagi fiklarni bildirdilar: “Sohaga nazoratchi
emas, ilg’or va zamonaviy standartlarni joriy etadigan, barcha ishtirokchilar o‘rtasida chinakam raqobat muhitini yaratib, sug’urta bozorini rivojlantiradigan tuzilma kerak”[6].
Shu bois, Moliya vazirligi huzuridagi Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi tugatilib, Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, sug’urta sohasini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, 2022 yilgacha aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan sug’urta mukofoti hajmini 3 baravar, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini esa 2 barobar oshirish vazifasi qo‘yildi.

    1. jadval 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini jadal

rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari [7]



T/r

Ko‘rsatkichlar nomi



2018 y.
(fakt)

2019 y.



2020 y.



2021 y.



2022 y.




Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin