Science and e ducation



Yüklə 62,16 Kb.
səhifə2/3
tarix24.06.2023
ölçüsü62,16 Kb.
#134904
1   2   3
iqtisodiy-islohotlar-sharoitida-o-zbekiston-respublikasida-sug-urta-bozorini-rivojlantirish-yo-llari

O‘sishi, barobar



1.

Sug’urta xizmatlarining YAIMdagi ulushi (foiz)



0,4



0,5



0,6



0,7



0,8



2



2.

Aholi jon boshiga sug’urta mukofotining miqdori (min gso‘m)



50,0



65,0



88,0



114,0



148,0



3



3.

Jami sug’urta mukofotlarining hajmi (trln so‘m)



1,6



2,1



2,9



3,8



5,2



3,3



4.

Sug’urta tashkilotlarining jami ustav kapitali (trln so‘m)



0,5



0,8



0,9



1,0



1,2



2,4



5.

Sug’urta tashkilotlarining jami aktivlari (trln so‘m)



2,5



3,0



3,6



4,3



5,2



2,1



6.

Sug’urta tashkilotlarining jami investitsiyalari (trln so‘m)



2,0



2,5



3,3



4,1



5,3



2,7



7.

Sug’urta xizmatlari turlarining soni (birlik)



105



115



135



155



175



1,7

8.

Hududiy bo‘linmalar soni (birlik)

1 450

1 500

1 580

1 660

1 740

1,2

Mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish masalalari o‘rganish natijasida quyidagi xulosalar shakllandi:
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimiz milliy sug‘urta bozori nisbatan tez rivojlanayotgan bo‘lsada, bugungi kun jahon talablariga to‘liq javob bera olmaydi.
Ikkinchidan, sug‘urta xizmatidan foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan aholining aksariyat qismi, sug‘urta haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Holbuki, bu sug‘urta turiga talabning ortishi sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalanuvchiga moliyaviy holatini yaxshilashda o‘zining salmoqli xissasini qo‘shadi.
Yuridik shaxslar sug‘urta qildirishi uchun, birinchi navbatda, ularga ishonch kerak. Jismoniy shaxslarga esa to‘g‘ri ma’lumot. Ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishi ularni sug‘urtadan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga jalb qiladi. Bu jarayonni
amalga oshirish uchun sug‘urta bozoriga malakali mutaxasislar talab etiladi. Sug‘urta kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan aksariyat hodimlar sug‘urta ishining mutaxassisi emas. Bir bo‘lim xodimi ikkinchi bo‘lim xodimining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotga egae mas. Agentlar faoliyatida ham xuddi shunday muammo mavjud. Natijada sug‘urtalanmoqchi bo‘lgan shaxsga sug‘urta xizmatlari to‘g‘ri va to‘liq yetkazilmaganligi natijasida aholi to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan sug‘urtaga bo‘lgan talabning pasayishi va faoliyatga nisbatan ishonmaslik holatlari yuzaga kelmoqda.
Yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, quyidagi takliflarni berish mumkin:
Birinchidan mamlakatimiz sug‘urta bozorini rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazishning eng muhim va asosiy omillaridan biri bu, O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zaro sug‘urtani joriy etishdir va bunda davlatning tashabbuskorligidan foydalanish sug‘urta sohasidagi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mamlakatda o‘zaro sug‘urtani joriy etish uchun avvalambor uning huquqiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro sug‘urtani rivojlantirish maqsadida ushbu sohaga taalluqli imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish zarur deb hisoblaymiz. Shunday holatda o‘zaro sug‘urta, sug‘urtaning alohida shakli sifatida tijorat sug‘urtasi bilan parallel ravishda rivojlanadi va ko‘p sonli potensial sug‘urtalanuvchilarni sug‘urtaga jalb etish barobarida fuqarolarning moddiy farovonligini oshishida, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarini kafolatlashda, korxona va tashkilotlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, sug‘urta faoliyatini rivojlanishi uchun sug‘urta xizmatlarini keng ko‘lamda reklama qilish samarali natija beradi. Eng ommabop bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar: telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sug‘urta xizmatlari va uning afzalliklari haqida ma’lumot berib turish. Misol uchun sug‘urta xizmatlari bo‘yicha telegramda bir kanal ochib, bu haqida boshqa kanallarga ma’lumot tashlash orqali, aholini sug‘urta kanaliga a’zo qilish va sug‘urta faoliyatining yangiliklaridan muntazam ravishda xabardor qilib turish mumkin. Ya’ni, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini ortishini ta’minlash maqsadida sug‘urtaga nisbatan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ya’ni sug‘urta to‘g‘risida qabul qilingan qonun, qarorlar to‘g‘risida va sug‘urta faoliyati qonun bilan himoyalanishi to‘g‘risida mijozlarga muntazam ravishda ma’lumotlar berib borish mumkin.



Yüklə 62,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin