14-yanvar vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlangan



Yüklə 230,57 Kb.
səhifə1/2
tarix13.05.2023
ölçüsü230,57 Kb.
#113229
  1   2
14-yanvarga


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI

Samarqand viloyati Bulung’ur tumani 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9”B”-sinf raxbari


Boymurodova Dilbarning
14-yanvar vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlangan
dars ishlanmasi.

Bulung’ur 2019 yil.

  1. Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, harbiylarga bo’lgan hurmatni singdirish.

  2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda do’stona munosabatni shakllantirish.

  3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

  4. Dars turi: Aralash, interfaol, yakka tartibda so’rash.

  5. Dars jihozi: “Yuksak ma`naviyat -yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar, buklet va referatlar.

  6. Darsda foydalaniladigan metodlar: Savol-javob, hikoya, suhbat, aqliy hujum.

  7. Umumiy kompitensiyalarni shakllantirish:

fanlararo bog’lash,
umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash,
olgan bilimlarni hayotda qo’llay olish.
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism (3-minut) salomlashish, davomatni aniqlash, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash.

Kun shiori: “Vatanni asrash, har bir insonning burchi!”.
Doskada: “Harbiy bo`lish – har bir yigitning orzusi”.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Mavzu bayoni:
1-boshlovchi:
Alpomishdek alp qomatli
Jaloliddindek shiddatli
Ulug’bekdek ma’rifatli
Ulug’ sultonlar yurti bu
2-boshlovchi:
Mag’rur qadam tashlang do’stlar,
Mard-u maydonlar yurti bu!
O’z vatanin jondan sevgan,
Sodiq o’g’lonlar yurti bu!
Assalomu alaykum shu yerga yeg’ilgan aziz ustozlar va o’quvchilar Tinchlik so’zi “Vatanga muhabbat” tushunchasi bilan doimo yonma-yon, mazmunan to’kis. Zero, ona yurtni sevish, uni ko’z qorachig’idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish bu yo’lda hatto o’z jonini tikish mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o’g’ilning burchidir.
Mana mustaqillikka erishganimizga 27 yil to’ldi. Bu vaqtlar mobaynida yurtimizda juda katta o’zgarishlar bo’ldi. Shuningdek, armiyamizda qurolli kuchlar bosh qo’mondoni Sh. M. Mirziyoyev tomonlaridan islohotlar o’tkazildi. Bu bejiz emaski, xarbiylarimiz tun-u kun qo’lni qo’lga berib, xattoki jonlarini ham fido qilib ona zaminlarini sarhatlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda. Har yili 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni sifatida nishonlanib kelmoqda. Bu nafaqat xarbiylarga balki yurtimizdagi barcha o’g’il bolalarni bayramlari. Men ularni bugungi bayramlari bilan muborakbot etaman.
Endi tadbirimiz rejasini taqdim etamiz. Hozirgi navbatni Vatan himoyachilari haqidagi she’rlarga beramiz.
Askar qo`shig`i
Gard qo`ndirmay yaprog`iga,
Nam yuqtirmay qabog`iga,
Iz tushirmay tuprog`iga,
Biz Vatanni qo`riqlaymiz,
Yovning daydi o`qlaridan,
Adovatning cho`g`laridan,
Malomatning tig`laridan,
Gumonlardan qo`riqlaymi
Elning shonu shuhratini,
Sharafini, shavkatini,
Dehqon bobo mehnatini,
Quzg`unlardan qo`riqlaymiz

Mustaqil O’zbekistonda ushbu bayram o’z qurollantirish kuchlarni tashkil etishga bag`ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o’quv yurtlar va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O’zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog`iga o’tishi to’g`risida qarori qabul qilindi. Shunday qilib xususiy qurollantirish kuchlari tashkil etildi. 1993 yilda 29 dekabrda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.


“Harbiy xizmatni o`zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag`ishlagan o`g`lonlarimizning og`ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun, tinim bilmasdan o`z harbiy mahoratini oshirish yo`lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e’zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir”.
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14-yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo`linmalarning davlatimiz tasarrufiga o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 29-dekabrdagi qonuniga binoan 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.

14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir: 1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi. 1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi.

Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang! Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Yüklə 230,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin