10
tahdidlarni va zaifliklarni identifikatsiyalash;
-
xavfsizlikka tahdidlarni amalga oshirilishi bilan bog‘liq, xavf xatarlarni hisoblash.
Resurslar uchta kategoriyaga
- axborot resurslariga, dasturiy ta’minotga va texnik
vositalarga (fayl serverlari, ishchi stansiyalar, ko‘priklar, marshrutizatorlar va h.) bo‘linadi. Har
bir kategoriya ichida resurslarni sinflarga va qism sinflarga ajratish mumkin. Faqat korporativ
axborot tizimi funksionalligini belgilovchi va xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan muhim
bo‘lgan resurlar identifikatsiyalanishi lozim.
Resursning muhimligi (narxi) bu resursning konfidensialligi, yaxlitligi yoki
foydalanuvchanligi buzilganida yetkazilgan zarar miqdori bilan belgilanadi.
Resurslar narxini
baholashda resurslarining har bir kategoriyasi uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarar miqdori
belgilanadi.
Namunaviy xavfsizlik tahdidlariga korporativ axborot tizimi resurslariga lokal
masofadan hujumlar, tabiiy ofat, xodimlar xatosi, dasturiy ta’minotdagi
xatolik yoki
apparaturaning nosozligi sabab bo‘luvchi korporativ axborot tizim ishidagi buzilishlar taalluqli.
Tahdid darajasi deganda uning amalga oshirilishi ehtimolligi tushuniladi.
Himoyaning bo‘shligi korporativ axborot tizimidagi zaifliklarga sabab bo‘ladi. Zaifliklarni
baholash xavfsizlik tahdidlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilish ehtimolligini aniqlashni
nazarda tutadi. Shunday qilib, zarar yetkazish ehtimolligi tahdidlarning amalga oshirilishi
ehtimolligi va zaiflik miqdori orqali aniqlanadi.
Xavf-xatar darajasi resurs narxi, tahdid darajasi va zaiflik miqdori asosida aniqlanadi.
Resurs narxi, tahdid darajasi va zaiflik miqdori oshishi bilan xavf-xatar darajasi ham oshadi.
Xavf-xatarlar darajasini baholash asosida xavfsizlik talablari belgilanadi.
Xavf-xatarlarni
boshqarish masalasi, xavf-xatar darajasini maqbul miqdorgacha
kamaytirishga imkon beruvchi qarshi choralarni asosli tanlashni va amalga oshirish narxini
baholashni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, qarshi choralarni amalga oshirish narxi bo‘lishi mumkin
bo‘lgan zarar miqdoridan kam bo‘lishi kerak.
7-rasmda xavf-xatarlarni boshqarish texnologiyasining bosqichlari keltirilgan.
Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlash.
Bu bosqichda axborot xavfsizligi sohasidagi
qo‘llanma-hujjatlar, standartlar, axborot xavfsizligining
asosiy qoidalari, xavf-xatarlarni
boshqarishga yondashishlar aniqlanadi hamda qarshi choralar strukturizatsiyalanadi va korporativ
axborot tizimini sertifikatsiyalash tartibi belgilanadi.
11
7-rasm. Xavf-xatarlarni boshqarish texnologiyasining varianti
Korporativ axborot tizimini (KAT) tavsiflash.
Ushbu bosqichda axborot xavfsizligi
sohasidagi Xalqaro, davlat va korporativ standartlarga binoan korporativ axborot tizimning
funksional vazifalari tavsiflanadi. Kompaniyaning kritik axborot resurslari, jarayonlari va
servislari
tavsiflanadi; korporativ axborot tizimining chegaralari hamda boshqarish va
ma’lumotlar bo‘yicha eng muhim komponentlarining tarkibi va bog‘lanishlari aniqlanadi.
Tahdidlarni identifikatsiyalash.
Ushbu bosqichda tahdidlar ro‘yxati tuziladi va ularning
darajasi baholanadi. Bunda turli tashkilotlarning tahdidlar sinflari ro‘yxatidan ham berilgan
tahdidni amalga oshirish ehtimolligining reytingi yoki o‘rtacha qiymatidan foydalanish mumkin.
Zaifliklarni identifikatsiyalash.
Ushbu bosqichda berilgan korporativ axborot tizimining
zaifliklari ro‘yxati, ularning amalga oshirilishidagi joiz natijalar ko‘rsatilgan holda tuziladi.
Mavjud korporativ axborot tizimi uchun ro‘yxatlar qator manbalardan foydalanilib tuziladi. Bu
manbalarga zaifliklarni tarmoq,
skanerlari, turli tashkilotlarning zaifliklar katalogi, xavf-
xatarlarni tahlillovchi ixtisoslashtirilgan usullar kiradi.
Korporativ axborot tizimining boshqarish tizimini tahlillash.
Ushbu bosqichda
boshqarish tizimi, aniqlangan tahdidlarga va zaifliklarga joiz bo‘lgan ta’sir nuqtai nazaridan
tahlillanadi.
Tahdidlar parametrlarini baholash.
Ushbu bosqichda hodisaga olib keluvchi zaiflikning
amalga oshirilishi imkoniyati baholanadi. Baholashning namunaviy shkalasi - bir necha rutbali
(masalan, past, o‘rta va yuqori sath) sifatiy (balli) shkaladir. Bunday
baho ekspert tomonidan
mavjud obyektiv faktorlarni hisobga olgan holda beriladi.
Axborot xavfsizligi rejimining buzilishi oqibatlarini tahlillash.
Ushbu bosqichda axborot
xavfsizligi rejimining buzilishi bahosi aniqlanadi. Buzilish oqibatlari moliyaviy yuqotishlarga,
obro‘sizlanishga, rasmiy tuzilmalar tomonidan ko‘ngilsizliklarga va h. sabab bo‘lishi mumkin.
Buzilish oqibatlarini baholash uchun mezonlar tizimi tanlanadi va oqibatlar og‘irligini baholash
uchun integratsiyalangan shkala belgilanadi.
Xavf-xatarlarni baholash.
Ushbu bosqichda axborot resurslari xavfsizligining buzilishi
xavf-xatar darajasi baholanadi. Xavf-xatar darajasi qiymati tahdidlar, zaifliklar darajasiga va
bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar ogirligiga bog‘liq. Xavf-xatarlarni
baholashda sifatiy va
miqdoriy usullardan foydalaniladi. Sifatiy usul ishlatilganda axborot xavfsizligi buzilishining
bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar xavfliligi darajasi bo‘yicha rutbalanishi lozim. Miqdoriy
12
usul ishlatilganda xavf-xatarlar miqdoriy shkalalarda baholanishi mumkin. Bu tavsiya etilayotgan
qarshi choralarning narxi/samaradorligini tahlillashni osonlashtiradi. Ammo bu holda dastlabki
ma’lumotlarni o‘lchash shkalalariga va ishlatilayotgan modelning adekvatligiga juda yuqori
talablar qo‘yiladi. Oddiy holda xavf-xatarni baholashda ikkita omil-hodisa ehtimolligi va bo‘lishi
mumkin bo‘lgan oqibatlar og‘irligi ishlatilishi mumkin.
Xavf-xatarlarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ushbu bosqichda turli
sathlar(tashkiliy, dasturiy texnik) va xavfsizlikning alohida jihatlari bo‘yicha strukturizatsiya-
langan qarshi choralarning kompleksi tavsiya etilishi lozim. Taklif
etiluvchi qarshi choralar
kompleksi xavf-xatarlarni boshqarishning tanlangan strategiyasiga binoan quriladi.
Xisobot hujjatlarni ishlab chiqish.
Ushbu bosqichda xavf-xatarlarni tahlillash
va boshqarishning barcha bosqichlari bo‘yicha ish natijalari akslantirilgan hisobot
hujjatlari tayyorlanadi. Ta’kidlash lozimki, hozirda axborot xavf-xatarlarini
baholashni avtomatlashtirish maqsadida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: