15-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Favvoraga qarshi uskunalarning tuzilishini o’rganish



Yüklə 157,27 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü157,27 Kb.
#112601
15--amaliy


15-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Favvoraga qarshi uskunalarning tuzilishini o’rganish.

Otilishga qarshi bo’lgan uskunalar quduq ustini yoki yuzasini germetik saqlash maqsadida ya’ni ochiq favvoralardan va burg’ilash vaqtida hosil bo’ladigan favvora, otishlardan tekshirishda, sinashda va quduqni uzlashtirishda ishlatiladi.


Favvora hosil bo’lishini asosiy sabablaridan biri qatlam bosimining burg’ilash eritmasining ustun bosimidan yuqori bo’lishidir.
Qatlam bosimi har 10 metrda taxminan 0,1 Mpa ga ortadi, lekin shunday qatlamlar mavjudki anomal past bosimli yoki anomal yuqori bosimli qatlamlar bo’lishi mumkin. Bu qatlamlar yuqoridagi tenglikka bo’ysunmaydi.
Ochiq favvoralar va otilishlar xizmat ko’rsatayotgan shaxsga xavf tug’diradi va atrof-muxit ifloslanishini hamda yong’in sodir bo’lishini keltirib chikaradi. Shuning uchun favvoraga qarshi uskunalar ishonchli va doimo yuqori darajada tayyor holatda turishi lozim.
Favvorani oldini olish uchun quyidagi texnologik operatsiyalar bajarilgan bo’lishi lozim.
Muftali mustaxkamlovchi quvurlar va qulf birikmali burgilash kuvurlari aylanishga o’tishda tortib olish sharoitiga ega bulishi kerak;
Qatlamga qarshi bosim hosil qilib, yopiq sirkulyatsiya hosil qilish;
Qatlamga burg’ilash eritmasini burg’ilash nasoslari bilan haydash.
Favvoraga karshi moslashtirilgan uskunalar tarkibiga kuyidagilar kiradi:
1) Priventorlar;
2) Krestovina;
3) Priventor ustiga o’rnatiladigan katushka;
4) Kengaytirilgan (ajraladigan) metall nav (jeloba). Burgilash eritmasi tarkibida neft, gaz xosil bulganda boshkarish kulay bulishi uchun priventorni va manifoldlarni boshkarish stansiyasi mavjud.
Neft gazlarni otilishdan saqlovchi uskuna quduq usti bilan burg’ilash minorasining poli ostida joylashadi. Neft gaz sanoatida xavfsizlikni saqlash uchun favvoraga qarshi uskuna qidiruv maydonlarini burg’ilashda, gazokondensatli va gazli konlarda xamda anomal yukori qatlam bosimli quduqlarda urnatilishi shart.
Quduq yuzasi konduktorni va oraliq tizmalarni sementlab bo’lgandan keyin priventor bilan jixozlanadi.
Favvoraga qarshi uskunalar germetik va mustaxkamligini quduq ustiga joylashtirilgandan keyin tekshirib ko’riladi.
Mustaxkamlikka sinayotganda sinov bosimi Р ruhsat etilgan ishchi bosim Рр ga qarab aniqlanadi.
Р = 2Рр
Priventorlarning utish oraligi diametri 350 mm dan yukori bulgan va ishchi bosimi 70 MPa dan yukori bulgan priventorlar uchun muljallangan.
Germetiklikka sinash uchun favvoraga karshi uskunalarning boshqarish pulti quduqdan 10 metr masofadan kam bo’lmasligi, yordamchi (dubler) boshqaruv pulti burg’ilovchining oldida joylashgan bo’lishi kerak.
Quduq yuzasini germetik saqlash uchun plashkali, universal va aylanuvchi priventorlar ishlatiladi. Bu priventorlar quduqda burg’ilash quvurlari bo’lgan va bo’lmagan holda quduqni germetik saqlash uchun mo’ljallangan.
Grifon - quduqning halqasi bo'ylab yuqori bosim ostida harakatlanadigan suyuqlikning (ko'pincha gaz) yuzasiga to'satdan chiqishi. Ba'zida yaroqsiz holga kelgan quduq atrofida bir nechta grifonlar paydo bo'ladi. Ko'pincha grifonlarga qarshi kurash quduqni tugatish bilan birga tugaydi. Ayniqsa, suv zonalarida tugatish ishlari qiyin.


1-rasm. Favvora archasi.
Yüklə 157,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin