1 – laboratoriya ishi temir yo‘llar tuzilishi va elementlarini o‘rganish Ishning maqsadi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#178045
  1   2   3   4   5
1 lab


1 – LABORATORIYA ISHI


Temir yo‘llar tuzilishi va elementlarini o‘rganish


1.Ishning maqsadi

Kon temir yo‘llari tuzilishi, harakat tarkibini bir yo’ldan boshqa yo’lga o’tkazish uchun xizmat qiluvchi qurilmaning tuzilishi va uning elementlari, krestovina markalarini o‘rganish.





  1. Qisqchacha nazariy ma’lumot


Temir yo‘l pastki qism (yer qatlami va so’niy inshoatlar) va ustki qism (ballast qatlami, shpallar, relslar va mustahkamlovchi elementlar, strelkali o’tazkichlar) dan tashkil topgan (1–rasm). Temir yo‘l poyezdlarning ravon va avariyasiz harakatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. U mustahkam, pishiq va unda harakat qiluvchi poyezdlarni hamda o‘z elementlarining ishlash muddatini uzaytirish uchun birmuncha elastik bo‘lishi kerak.



a)
b)


1-rasm. Temir yo’lning ko’ndalang kesimi: a) bir yo’lli va ikki yo’lli; b) yer osti temir yo’l transporti:1- ostki qurilmaqism; 2- ballast qatlami; 3- shpal; 4- taglik (podkladka); 5-rels.

Ballast shpal bilan pastki qism o‘rtasidagi elastik "yostiqcha" bo‘lib, harakatdagi poyezd g’ildiraklari zarbini yumshatishga, pastki qismning notekisligini bartaraf etishga, shpaldan pastki qismga beriladigan kuchning bir tekis taqsimlanishini ta’minlashga, shpallar surilib ketmasligiga va yer osti suvlarini temir yo‘ldan chetlatishga xizmat qiladi. Shag’al, tosh maydalari kabi qattiq tog’ jinslari ballast uchun material sifatida ishlatilishi mumkin.
Tosh maydalari va maydalangan toshning o‘lchamlari 20 mm dan 40 mm gacha, shag’alning o‘lchamlari 3 mm dan 30 mm gacha bo’lish kerak. Ballast qatlamiga shpalning 2/3 qismi ko‘milib turadi. Shpalning ostidagi ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Shpal, ikkala rels izlarini bog’lab, yuklamani (bosimni) shu izlardan ballast qatlamiga uzatishga, yerga bo‘lgan nisbiy yuklamani kamaytirishga va h.k. larga xizmat qiladi.
Shpallar yog’och, metall va temir-betondan yasaladi, yog’ochli shpallar qarag’ay, kedr va tilog’och daraxtlaridan tayyorlanadi. Ko‘ndalang kesimga qarab shpallar brusok va yassi shaklda bo‘ladi. Ularning ishlash muddatlarini oshirish maqsadida maxsus moy (anti­septik) bilan shimdiriladi. Metall shpallar tez-tez ko‘chirib turiladigan temir yo‘llarda qo‘llaniladi. Temir-beton shpallar alohida hollarda, juda nam, xo‘l, uzoq vaqt xizmat qiluvchi yer osti yo‘llarida qo‘llaniladi.




2-rasm. Relsning ko’ndalang qirqimining asosiy o’lchamlari
Relslar. Relslarning xili ularning bir metr massasiga qarab (kg/m) belgilanadi, poyezdlarning og’irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo‘lsa, temir yo‘l uchun massasi katta bo‘lgan relslar qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Relsning ko’ndalang qirqimining asosiy o’lchamlari 2-rasmda ko’rsatilgan.
Relslar shpalga metall yostiqcha, planka orqali siqib turuvchi kostil (katta mix), shurup yoki boltlar orqali mustahkamlanadi.
Yog’och shpallar ezilib ketmasligi, unga bo‘lgan tayanch yuzani ko‘paytirish, ichki va tashqi kostillarni siljishga qarshi birgalikda ishlashi uchun shpal bilan rels orasiga metall taglik (podkladka) qo‘yiladi. Tagliklar yassi va ponasimon, ikki va uchta teshikli bo‘lishi mumkin.



3-rasm. Relslarning ulanishi:
a- yaqinlashtirilgan shpallarda ulash; b- kontakt plastinkasi;1-rels; 2-bolt; 3- nakladka; 4-misli yoki temirli peremichka (tok o‘tkazuvchi sim).
Relslarning uchlari nakladka va bolt yordamida birlashtiriladi (3-rasm). Relslarni ulashning "qattiq" (shpalda yoki tirgakda) va osma, egiluvchan (elastik) xillari mavjud.
Vagonlarning vazni uncha og’ir bo‘lmagan, kam harakatli hamda ikkinchi darajali yo‘llarda rels uchlari qattiq ulanadi, elastik ulash uslubi esa serharakat va g’ildirakka katta yuklama tushadigan hollarda qo‘llaniladi. Yuk tashishda, ikkita yaqinlashtirilgan shpallar oralig’ida joylashadigan elastik ulash xili yaxshi natija beradi.


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin