Shunday qilib krestovina markasi yonbosh yo’lning asosiy yo’ldan og’ish keskinligini tavsiflaydi. Krestovina burchagi qancha kichik bo’lsa, shunchalik poyezdning yonbosh yo’lga yurishi bir tekis bo’ladi.
Strelkali o‘tkazgich qo‘l bilan yoki masofadan stantsiya navbatchisi tomonidan boshqarilishi mumkin.
Oddiy strelkali o’tkazgichlarning aksariyat markalari 1/9, 1/11, simmetrik strelkali o’tkazgichlarda- 1/6, bir-birini kesishib o’tgan strelkali o’tkazgichlarda -1/9 bo’ladi.
Quyma o’zakli krestovinaning umumiy ko’rinishi 7-rasmda ko’rsatilgan.
7-rasm. Quyma o’zakli krestovinaning umumiy ko’rinishi