O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
NAZARIY FIZIKA KAFEDRASI 4-KURS BITIRUVCHISI Abduxalilov Ramazon O’ktamning 5140200-Fizika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
“Yadro energetikasi. Vodorod energetikasi. Muammolari va yechimlari” mavzusida yozgan
KIRISH Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati ta’lim mazmuni va shaklini takomillashtirishga qaratilgan. Fan-texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar bolaning shaxsiy xususiyatlariga, jumladan, idrok eta olish, tasavvur va tafakkurlash, aqliy qobiliyatining rivojlanishiga olib keldi. Bolaning olamni bilishga bolgan ehtiyoji avvalgi yillarga nisbatan keskin oshganligi hech kimga sir emas.
Zamoniy talim oldida turgan eng muhim vazifa oquvchi shaxsining ilm olishga bolgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Biz kimni tarbiyalashimiz kerak? degan savol zamonaviy pedagogika, didaktika fanlarini oqitish metodikalarining bosh masalasiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti Tarixiy xotirasiz - kelajak yo’q asarida komil inson tushunchasiga aniq ta’rif keltirdilar, ya’ni komil inson deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, o’z xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz