15.6. Topshiriqni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar. Nazariy qism.
Sinxron raqamli TOAT multipleksorlash seksiyalarida xatolik parametrlariga ekspluatasion normalar
Sinxron raqamli TOAT STM-N (sinxron transport modulning N sathi) multipleksorlash seksiyasi uchun boshlang‘ich ekspluatasion normalari (MPO), ushbu seksiyalarda tashkil etilgan bir muncha yuqori tezlikli sinxron raqamli TOAT traktlari uchun boshlang‘ich ekspluatasion normalar bilan mos keladi. 15.1-jadvalda yuqori tezlikli traktlarning va multipleksorlash seksiyalarning mosligi ko‘rsatilgan.
15.1–jadval
Seksiya turi
|
Yuqori tezlik trakti
|
STM-0
|
VК-3
|
STM -1
|
VК-4
|
STM -4
|
VК-4-4s
|
STM -16
|
VК-4-16s
|
STM -64
|
VК-4-64s
|
Berilgan uzunlikli seksiya uchun boshlang‘ich ekspluatasion normalarning ulushini 15.1-jadvallar bo‘yicha aniqlash mumkin. Bunda shuni belgilab o‘tish joizki, to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik uzatish tizimi qo‘llanilganda multipleksorlash seksiyasining uzunligi mos keluvchi trakt uzunligi bilan bir xil tartibda bo‘lishi mumkin.
Real seksiya uchun ekspluatasion normalarning ajratilgan ulushi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
(15.6.1)
bu yerda MRO – seksiya turi va apparaturaning ishlab chiqarilgan muddatiga bog‘liq bo‘lgan, boshlang‘ich normalar; α – uzunlika bog‘liq bo‘lgan, berilgan seksiya uchun boshlang‘ich norma ulushi (%); F – nomaqbul tarqalish sharoiti bilan bog‘liq, RRL seksiyasi uchun ekspluatasion zahira.
Kabellarda tashkil etilgan sinxron raqamli TOAT seksiyasi uchun F=1; RRLda tashkil etilgan sinxron raqamli TOAT seksiyasi uchun F 1 dan 4 gacha o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |