15-ma’ruza, 2022-2023-O’quv yili dars mashg’uloti reja: Yorug’lik haqidagi ta’limot



Yüklə 187,94 Kb.
səhifə4/4
tarix15.03.2023
ölçüsü187,94 Kb.
#88064
1   2   3   4
15-ma’ruza. Yorug’lik haqidagi ta’limot va Geometrik optikaning asosiy qonunlari.

Yorug’likning qaytish qonuni: Tushuvchi nur, qaytuvchi nur va tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng bo’ladi.

Yorug’likning sinish qonuni: Tushuvchi nur, sinuvchi nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan o’tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati shu ikki muhit uchun o’zgarmas kattalik hisoblanadi.

n – muhitlarning nisbiy sindirish ko’rsatkichi
α – tushish burchagi
β – sinish burchagi
υ1 – yorug’likning birinchi muhitdagi tezligi, [υ1]=
υ2 – yorug’likning ikkinchi muhitdagi tezligi, [υ2]=
λ1 – yorug’likning birinchi muhitdagi to’lqin uzunligi, [λ1]=m
λ2 – yorug’likning ikkinchi muhitdagi to’lqin uzunligi, [λ2]=m
n1 – birinchi muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi
n2 – ikkinchi muhitning absolyut sindirish ko’rsatkichi
Tushayotgan parallel nurlar qaytayotganda ham parallelligini saqlaydigan ko’zguga ko’zgusimon qaytish deyiladi.
Yassi ko’zgu mavhum tasvir hosil qilib, tasvir va buyum ko’zgu sirtiga nisbatan simmetrik joylashgan bo’ladi, ya’ni buyum va ko’zgu orasidagi masofaga teng bo’ladi. Shuni esda saqlash kerakki, havoning va vakuumning absolyut sindirish ko’rsatkichik birga teng, ya’ni n=1.
Absolyut sindirish ko’rsatkichini – optik zichlik yoki optik singdiruvchanlik deb ham atash mumkin.
Muhitning sindirish ko’rsatkichi tushish va sinish burchagiga bog’liq emas, ya’ni burchak ortsa ham, kamaysa ham sindirish ko’rsatkichi o’zgarmaydi. Sindirish ko’rsatkichi muhitning turiga bog’liq.




α α α


β β β


Qaytgan va singan nurlar orasidagi burchak 90º bo’lsa, ya’ni perpendikulyar bo’lsa,

Sindirish ko’rsatkichi nuqtadan nuqtaga uzluksiz muhitda yorug’lik egri chiziq bo’ylab tarqaladi.
Yorug’likning vakuumdagi tezligi eng katta tezlik hisoblanadi va u 3·108 ga teng. yorug’likning vakuumdagi tezligi chastotaga ham to’lqin uzunligiga ham bog’liq emas.
yorug’likning vakuumdagi tezligi
yorug’likning muhitdagi tezligi
absolyut sindirish ko’rsatkichi
Absolyut sindirish ko’rsatkichining fizik ma’nosi: Muhitdagi yorug’lik tezligi vakuumdagi tezligidan necha marta kichikligini ko’rsatadigan kattalik hisoblanadi.
Yorug’lik bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganda uning tezligi, to’lqin uzunligi o’zgarishi mumkin, ammo chastotasi o’zgarmaydi.
Yüklə 187,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin