2. Elektron hukumatning asosiy tamoyillari. Elektron hukumatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
– davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
– elektron davlat xizmatlaridan murojaat etuvchilarning teng ravishda foydalanishi;
– «Yagonaoyna» tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish;
– davlat organlarining hujjatlarini bir xillashtirish;
– elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
– elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini izchil tarzda takomillashtiribborish; – axborot
xavfsizligini ta’minlash.
Elektron hukumat imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ko‘pgina davlatlar elektron
xukumatni rivojlantirishni o‘zlarining siyosiy rejalariga kiritmoqdalar. Jahon tajribasidan
ma’lumki, dastlabki e’tibor AKTdan foydalanish orqali davlat ishlari samaradorligini oshirishga
qaratilgan edi. Shu bilan birga, elektron xukumat xizmatlariga davlat tomonidan cheklangan
investitsiyalar ta’siri natijasida, 2000 yilning o‘rtalarida fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuvlar
o‘zgara boshladi.
Ushbu harakatlar natijasida xukumat xizmatlarini yetkazib berish jarayonida fuqarolarning davlat
xizmatlariga turli ehtiyojlarining mosligini ta’minlash birinchi o‘ringa qo‘yilganligi orqali sezilarli
o‘zgarishlarga erishildi.
Bugungi kunda elektron hukumat nafaqat davlat sektori vazifalarini va jarayonlarini rivojlantirish
va qo‘llab-quvvatlash uchun bir muhim vosita, balki hukumatni o‘zgartirishga va xizmat ishlab
chiqish va yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarni yaratishda asosiy omil hisoblanmoqda.
Umuman olganda, onlayn xizmatlarning ko‘payishi, ushbu xizmatlardan yanada kengroq
foydalanish, o‘z navbatida elektron hukumat tizimining ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, elektron hukumat, hukumat shaffofligi va ichki samaradorlikka bevosita ta’sir etib,
ishtirokchilarining muhim ommasi shakllanishini talab qiladi.
Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muhim ommasining ko‘payishi, ana’naviy
xizmat ko‘rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko‘rsatish usuliga o‘tib ketishlari
talab etiladi. Bu jarayon osonlik bilan amalga oshmaydi, albatta.
Jahon banki elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilari uchun onlayn xizmatlarni
ko‘paytirish hamda ulardan foydalanish muhimligi haqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini
aniqladi: 5-10 yil oldin birinchi marotaba elektron hukumatni joriy etgan ko‘pgina davlatlar
shunday xulosaga keldilarki, jamoaga, elektron hukumat tizimi ushbu sohaga davlat tomonidan
taklif etilayotgan sarmoyalar yordamida davlat xizmatlarini Internet tizimida onlayn ko‘rinishda
taqdim etishiga qaramasdan mavjud e-xizmatlardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Elektron hukumat tizimini joriy etish, uni ishlatishda aholining aksariyat talab-ehtiyojlarini
qondira olsa, ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanish imkoniyatlari bo‘lsagina ushbu yangi tizim
muvafaqiyatga erisha oladi.
Aholining ushbu tizim haqidagi bilimi yetarli bo‘lgandagina ularning ma’lum bir ehtiyojlari
qondirilishi mumkin. Bu jarayonda davlat xizmatlari tezda va sifatli ko‘rsatila boshlanadi. Fuqaro
va tadbirkorlarning e-hukumat xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlari yoki
motivatsiyalarini oshirish uchun aktual, oson olish mumkin bo‘lgan raqamli kontent xizmatlarini
taqdim etish lozim. Bulardan tashqari aholining elektron davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini
oshirish muhimdir. Ana shu maqsadda tegishli ma’lumotlarni ximoyalash va ularning
konfidensialligini ta’minlashni nazarda tutish kerak.
Xususan, elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish talablari va qo‘llab-quvvatlash darajasini
oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim:
–
Ko‘p kanalli yagona oyna umumiy xizmatlarini yetkazib berish infratuzilmasini, avtonom
ravishda jamoaga xizmat ko‘rsatish markazi va joylari, jumladan telemarkazlar, murojaatlarni
qayta ishlash markazlari, veb va mobil portallarni ishlab chiqish;
–
AKT ishtirok etgan operatsiyalarni va raqamli muhitdagi barcha o‘zaro munosabatlarga
aholi tomonidan ishonch bildirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish;
–
Belgilangan talablarni qoniqtiradigan, qulay kontent va xizmatlar, shu jumladan tegishli
dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviyrag‘batlantirish;
–
Elektron xizmatlarning mavjudi mkoniyatlarini yanada kengaytirish va takomillashtirishga
qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.