15-maruza. Elektron hukumat reja: Elektron hukumat tushunchasi


Elektron hukumat joriy etishning jahon tajribasi



Yüklə 39,79 Kb.
səhifə4/4
tarix21.10.2023
ölçüsü39,79 Kb.
#159072
1   2   3   4
Elektron hukumat.

4. Elektron hukumat joriy etishning jahon tajribasi  
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat 
hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda 
aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida 
birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab 
tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Janubiy Koreyada elektron hukumatni 
shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron 
hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning 
natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunѐ bilan Internet orqali uchta asosiy 
yo‘nalishda -G2C (davlatdanfuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) 
sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo 
elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan axborot-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. 
Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol 
qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida 
mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa
ko‘tarilib oldi. Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni 
qo‘ygan - dunѐ davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. 
Koreyaning ―Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari‖ nomli dasturiga 
muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan: - davlat boshqaruvi organlarining faoliyat 
ko‘rsatishi - davlat xizmatlarini ko‘rsatish - axborot resurslarini boshqarish - qonun ijodkorligi 
tizimi Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi 
mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 2007-yilga kelib Koreyada 
markaziy boshqaruv organlarining 34 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni 
qayta ishlashning milliy elektron tizimi - ―On-Nara‖ (koreyscha, onlaynmamlakat) tizimidan 
foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 
30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning 
innovatsion tizimi - ―On-Nara‖ 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi 
maqsadlar qo‘yilgan: - ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jaraѐnlarini standartlashtirish; - davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish; - tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jaraѐnlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. 
2008yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va 
turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga 
integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat 
xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa 
davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni 
shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. 
Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati turli 
sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, 
bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha 
avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunѐda elektron hukumatning 
rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

Takrorlash uchun savollar  


1. Elektron hukumat haqida ma’lumot bering.


2. Davlat xizmati deganda nimanu tushunasiz?
3. Interaktiv xizmarlar haqida ma’lumot bering.
4. Elektron hukumatning asosiy vazifalari haqida fikr bildiring.
5. Elektron hukumatning asosiy tamoyillari haqida ma’lumot bering.
6. Elektron hukumatning joriy etishning jahon tajribasi haqida ma’lumot bering.
Yüklə 39,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin